Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qiziloyoq

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 130-b. — ziyouz.com

    Qiziloyoq — balçiqçilar kenja turkumiga mansub quş. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Ğarbiy Yevropa, Janubiy Osiyo va Afrikada qişlaydi. Tanasi 30 sm ça, oğirligi 120 g ça. Usti qunğir, qora xolli, dumining tagi va qorni oq, oyoği qizğiş. Botqoqlikdagi ötlar orasiga uya quradi. 4 ta tuxum qöyadi. Tuxumini 22—24 kun ikkala jins navbatlaşib bosadi. Haşarotlar, qisqiçbaqalar, çuvalçanglar, mollyuskalar, ba'zan uruğ va mevalar bilan ozikdanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИЗИЛОЁҚ — балчиқчилар кенжа туркумига мансуб қуш. Европа ва Осиёда тарқалган. Ғарбий Европа, Жанубий Осиё ва Африкада қишлайди. Танаси 30 см ча, оғирлиги 120 г ча. Усти қунғир, қора холли, думининг таги ва қорни оқ, оёғи қизғиш. Ботқоқликдаги ўтлар орасига уя қуради. 4 та тухум қўяди. Тухумини 22—24 кун иккала жинс навбатлашиб босади. Ҳашаротлар, қисқичбақалар, чувалчанглар, моллюскалар, баъзан уруғ ва мевалар билан озикданади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.