Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qizilözan

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 135-b. — ziyouz.com

    Qizilözan — Erondagi daryo. Uz. 750 km, havzasining mayd. 56,2 ming km2. Zagros toğlaridan boşlanadi. Elbursning ğarbiy tizmalarini kesib ötgan joyda Şohrud daryosi bilan qöşilgaç, Safidrud deb nomlanadi va Kaspiy dengiziga quyiladi. Şohrud daryosiga qöşilgan joyda gidrouzel (bal. 100 m li töğon, GES, suv ombori) qurilgan. Suvidan suğorişda keng foydalaniladi. Deltasida Reşt şahri joylaşgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИЗИЛЎЗАН — Эрондаги дарё. Уз. 750 км, ҳавзасининг майд. 56,2 минг км2. Загрос тоғларидан бошланади. Эльбурснинг ғарбий тизмаларини кесиб ўтган жойда Шоҳруд дарёси билан қўшилгач, Сафидруд деб номланади ва Каспий денгизига қуйилади. Шоҳруд дарёсига қўшилган жойда гидроузел (бал. 100 м ли тўғон, ГЭС, сув омбори) қурилган. Сувидан суғоришда кенг фойдаланилади. Дельтасида Решт шаҳри жойлашган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.