Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qizilsuv

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 131-b. — ziyouz.com

    Qizilsuv — Qirğiziston va Tojikiston Respublikalaridagi daryo. Uz. 235 km, havzasining mayd. 8380 km2. Qirğizistonning Orqa Olay tizmasidan boşlanib, Olay vodiysi böylab oqadi. Aylama daryosi quyilgungaça Qorasuv deb ataladi. Tojikistonda Muksuv bilan qöşilib Vaxş daryosining öng irmoği — Surxobni hosil qiladi. Quyiliş joyidan 86km da örtaça suv sarfi 40,6 m3/sek.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИЗИЛСУВ — Қирғизистон ва Тожикистон Республикаларидаги дарё. Уз. 235 км, ҳавзасининг майд. 8380 км2. Қирғизистоннинг Орқа Олай тизмасидан бошланиб, Олай водийси бўйлаб оқади. Айлама дарёси қуйилгунгача Қорасув деб аталади. Тожикистонда Муксув билан қўшилиб Вахш дарёсининг ўнг ирмоғи — Сурхобни ҳосил қилади. Қуйилиш жойидан 86км да ўртача сув сарфи 40,6 м3/сек.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.