Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qizquş

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 144-b. — ziyouz.com

    Qizquş (Vanellus vanellus) - baliqçilar kenja turkumiga mansub quş. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Rossiyaning ğarbiy çegarasidan Primorye ölkasigaça bölgan joylarida uçraydi. Örta Osiyo va Zakavkazyeda qişlaydi. Tanasi 30 sm ça, oğirligi 200 g ça. Usti va kökragi yaşil, qizil tusda tovlanadi. Ötzor, botqoqliklarda, yaylov, dala va b. joylarda koloniya bölib uya yasaydi. 4—5 ta tuxum qöyadi. Tuxumini, asosan, modasi 27—29 kun bosadi. Haşarotlar, ba'zan ösimliklar uruği bilan oziqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИЗҚУШ (Vanellus vanellus) - балиқчилар кенжа туркумига мансуб қуш. Европа ва Осиёда тарқалган. Россиянинг ғарбий чегарасидан Приморье ўлкасигача бўлган жойларида учрайди. Ўрта Осиё ва Закавказьеда қишлайди. Танаси 30 см ча, оғирлиги 200 г ча. Усти ва кўкраги яшил, қизил тусда товланади. Ўтзор, ботқоқликларда, яйлов, дала ва б. жойларда колония бўлиб уя ясайди. 4—5 та тухум қўяди. Тухумини, асосан, модаси 27—29 кун босади. Ҳашаротлар, баъзан ўсимликлар уруғи билан озиқланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.