Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qoldiq konlar

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 222-b. — ziyouz.com

    Qoldiq konlar — Yer pöstining ustki qismida şakllangan foydali qazilma yotqiziklari; toğ jinslarining nuraş mahsulidan taşkil topadi. Q.k. erigan birikmalarni va erişi qiyin bölgan minerallar (temir, marganets, nikel va kaolinning ba'zi konlari) qoldiqlari töplamlarining suvda oqib çiqişidan hosil böladi. Muhim ahamiyatga ega bölgan Q.k.ga boksit, kaolin, marganets oksidlari, talk, magnezit uyumlari, titan, qalay, volfram, tantal, niobiy, oltin minerallari konlari kiradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОЛДИҚ КОНЛАР — Ер пўстининг устки қисмида шаклланган фойдали қазилма ётқизиклари; тоғ жинсларининг нураш маҳсулидан ташкил топади. Қ.к. эриган бирикмаларни ва эриши қийин бўлган минераллар (темир, марганец, никель ва каолиннинг баъзи конлари) қолдиқлари тўпламларининг сувда оқиб чиқишидан ҳосил бўлади. Муҳим аҳамиятга эга бўлган Қ.к.га боксит, каолин, марганец оксидлари, тальк, магнезит уюмлари, титан, қалай, вольфрам, тантал, ниобий, олтин минераллари конлари киради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.