Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qon uni

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 230–231-b. — ziyouz.com

    Qon uni — söyilgan mollar qonini qayta işlab tayyorlanadigan mahsulot. Çorva mollari, asosan parranda, möynali hayvonlar va çöçqalarni boqişda protein manbai sifatida işlatiladi (1-nav Q.u.da 80% dan ortiq protein bor). Namligi 9% bölgan 1 kg Q.u.da 1,06 ozuqa birligi va 758 g hazm böladigan protein böladi. Çöçqa va parrandalar ozuqa ratsionining 10% ga qadar qöşiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОН УНИ — сўйилган моллар қонини қайта ишлаб тайёрланадиган маҳсулот. Чорва моллари, асосан парранда, мўйнали ҳайвонлар ва чўчқаларни боқишда протеин манбаи сифатида ишлатилади (1-нав Қ.у.да 80% дан ортиқ протеин бор). Намлиги 9% бўлган 1 кг Қ.у.да 1,06 озуқа бирлиги ва 758 г ҳазм бўладиган протеин бўлади. Чўчқа ва паррандалар озуқа рационининг 10% га қадар қўшилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.