Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qorabel

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 250-b. — ziyouz.com

    Qorabel — Paropamiz toğlari etagidagi qir. Murğob va Amudaryo daryolari oraliğida. Eng baland joyi 980 m. Neogen va antropogen davrlarining allyuvial-prolyuvial lyossimon qum-toşlaridan taşkil topgan. Yer yuzasi jan.dan şim.ga qiya bölib, çöl va çala çöl, efemer hamda subtropik efemeroid daşt ösimliklari bilan qoplangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОРАБЕЛ — Паропамиз тоғлари этагидаги қир. Мурғоб ва Амударё дарёлари оралиғида. Энг баланд жойи 980 м. Неоген ва антропоген даврларининг аллювиал-пролювиал лёссимон қум-тошларидан ташкил топган. Ер юзаси жан.дан шим.га қия бўлиб, чўл ва чала чўл, эфемер ҳамда субтропик эфемероид дашт ўсимликлари билан қопланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.