Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qoradaryo

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 254-b. — ziyouz.com

    Qoradaryo — Samarqand viloyatidagi daryo. Zarafşon daryosining çap tarmoği. Uz. 111 km. Zarafşon daryosi Samarqanddan 7 km quyida (Çöponota tepaligi yonida) ikkiga — Oqdaryo (öng) va Q. (çap) ga ajraladi, Yangirabot şaharçasi yaqinida yana birlaşadi. Zarafşonning Oqdaryo va Q.ga ajraliş joyida Samarqand gidrotuguni qurilgan (1974). zarafşon daryosi suvining köp qismi Q.ga oqiziladi. q. suvidan Kattaqörğon suv omborini töldiriş uçun foydalaniladi. Qdan bir neça kanallar suv oladi. Bu kanallar orqali Oqdaryo, Iştixon, Kattaqörğon, Narpay, Paxtaçi, Navoiy viloyatining Xatirçi tumanlarining yerlari suv bilan ta'minlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОРАДАРЁ — Самарқанд вилоятидаги дарё. Зарафшон дарёсининг чап тармоғи. Уз. 111 км. Зарафшон дарёси Самарқанддан 7 км қуйида (Чўпонота тепалиги ёнида) иккига — Оқдарё (ўнг) ва Қ. (чап) га ажралади, Янгиработ шаҳарчаси яқинида яна бирлашади. Зарафшоннинг Оқдарё ва Қ.га ажралиш жойида Самарқанд гидротугуни қурилган (1974). зарафшон дарёси сувининг кўп қисми Қ.га оқизилади. қ. сувидан Каттақўрғон сув омборини тўлдириш учун фойдаланилади. Қдан бир неча каналлар сув олади. Бу каналлар орқали Оқдарё, Иштихон, Каттақўрғон, Нарпай, Пахтачи, Навоий вилоятининг Хатирчи туманларининг ерлари сув билан таъминланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.