Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qoratepasoy

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 268-b. — ziyouz.com

    Qoratepasoy - Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uz. 39 km, suv töplaş havzasi (irmoqlari Teraksoy va Sevazsoy b-n) 24,6 km2. Qoratepa qişloği yaqinida Omonqötonsoyga Qöziçisoy qöşilib Q.ni hosil qiladi. Darğom kanaliga quyiladi. Qor, yomğir va buloq suvlaridan töyinadi. Vodiy kengligi 700 m, bir-biridan ajralib turgan uç allyuvial terrasaga ega. Selga qarşi kuraşiş maqsadida Qoratepa qişloğidan 2 km quyida Qoratepa suv ombori qurilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОРАТЕПАСОЙ - Самарқанд вилояти Ургут туманидаги сой. Уз. 39 км, сув тўплаш ҳавзаси (ирмоқлари Тераксой ва Севазсой б-н) 24,6 км2. Қоратепа қишлоғи яқинида Омонқўтонсойга Қўзичисой қўшилиб Қ.ни ҳосил қилади. Дарғом каналига қуйилади. Қор, ёмғир ва булоқ сувларидан тўйинади. Водий кенглиги 700 м, бир-биридан ажралиб турган уч аллювиал террасага эга. Селга қарши курашиш мақсадида Қоратепа қишлоғидан 2 км қуйида Қоратепа сув омбори қурилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.