Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qoratov

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 268-b. — ziyouz.com

    Qoratov (Manğistov) — Manğişloq ya.o.dagi (Qozoğistonning Manğişloq viloyati) toğ. Uz. 130 km. Eng baland joyi 556 m (Bestoki toği). Yuzasi tölqinsimon plato körinişida. Yon bağirlari darasimon quruq soy va jarliklar bilan öyilgan. Tektonik jihatdan antiklinal struktura bölib, kuçli burmalangan trias, yura, bör davrlariga mansub qumtoş, slanets, ohaktoş, mergel, gillardan taşkil topgan. Q.da şuvoq-şöra, ba'zi joylarida buta ösimliklari ösadi, yaylov sifatida foydalaniladi. Temir, mis, toşkömir konlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОРАТОВ (Манғистов) — Манғишлоқ я.о.даги (Қозоғистоннинг Манғишлоқ вилояти) тоғ. Уз. 130 км. Энг баланд жойи 556 м (Бестоки тоғи). Юзаси тўлқинсимон плато кўринишида. Ён бағирлари дарасимон қуруқ сой ва жарликлар билан ўйилган. Тектоник жиҳатдан антиклиналь структура бўлиб, кучли бурмаланган триас, юра, бўр даврларига мансуб қумтош, сланец, оҳактош, мергель, гиллардан ташкил топган. Қ.да шувоқ-шўра, баъзи жойларида бута ўсимликлари ўсади, яйлов сифатида фойдаланилади. Темир, мис, тошкўмир конлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.