Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qoratov

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 269-b. — ziyouz.com

    Qoratov (1963 y.gaça Çöloqtov şaharçasi) — Qozoğiston Respublikasi Jambul viloyatidagi şahar. qoratov toği etagida joylaşgan. Taroz ş.dan 90 km şim.-ğarbdagi t.y. stansiyasi. Qoratov fosforit havzasining markazi. Aholisi 27,4 ming kişi (2002). Fosforit qazib oliş va qayta işlaş kon-kimyo kti işlab turibdi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОРАТОВ (1963 й.гача Чўлоқтов шаҳарчаси) — Қозоғистон Республикаси Жамбул вилоятидаги шаҳар. қоратов тоғи этагида жойлашган. Тароз ш.дан 90 км шим.-ғарбдаги т.й. станцияси. Қоратов фосфорит ҳавзасининг маркази. Аҳолиси 27,4 минг киши (2002). Фосфорит қазиб олиш ва қайта ишлаш кон-кимё кти ишлаб турибди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.