Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qoratov makonlari

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 269-b. — ziyouz.com

    Qoratov makonlari - Aristandi va Burultoy (Jan. Qozoğiston) daryolari oraliğidagi Uşbos-Köktol vodiysida, Qoratov (Tyanşanning şim.- ğarbi) tizmasi yon bağrida joylaşgan quyi paleolit davriga oid makonlar majmui. Arxeolog X.A.Alpis-boyev tekşirgan. Q.m. içida eng muhimlari — şell-aşel davrlariga oid Böriqazğan, Tangirqazğan yodgorliklari va aşelmustye davrlariga oid Töqali—1 va Töqali—5 yodgorliklari majmualaridir. Paleolit qatlamlari ayrim kiçik döngliklar va toğ yon bağridagi tekis platoda joylaşgan. Q.m.dan toş qirğiçlar, qirğiçsimon asboblar va b. topilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚОРАТОВ МАКОНЛАРИ - Аристанди ва Бурултой (Жан. Қозоғистон) дарёлари оралиғидаги Ушбос-Кўктол водийсида, Қоратов (Тяньшаннинг шим.- ғарби) тизмаси ён бағрида жойлашган қуйи палеолит даврига оид маконлар мажмуи. Археолог Х.А.Алпис-боев текширган. Қ.м. ичида энг муҳимлари — шелль-ашель даврларига оид Бўриқазған, Тангирқазған ёдгорликлари ва ашельмустье даврларига оид Тўқали—1 ва Тўқали—5 ёдгорликлари мажмуаларидир. Палеолит қатламлари айрим кичик дўнгликлар ва тоғ ён бағридаги текис платода жойлашган. Қ.м.дан тош қирғичлар, қирғичсимон асбоблар ва б. топилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.