Qorayoqa
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 255-b. — ziyouz.com
Qorayoqa — rjankalar oilasiga mansub quş. Yevrosiyoning Atlantika qirğoqlaridan Yaponiya, Tayvan va Filippin orollarigaça bölgan joylarda tarqalgan. Örta Osiyoda ham köp. Qanotining uz. 10—12 sm, vazni 31— 46 g. Daryo va köllarning qum toşli qirğoqlarida yaşaydi. Uyasi töşamasiz çuqurçadan iborat. Aprel oxirida 4 ta tuxum qöyib, 22—24 kun bosadi. Haşarotlar va ularning liçinkasi, ba'zan Ösimlik uruğlari bilan oziklanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ҚОРАЁҚА — ржанкалар оиласига мансуб қуш. Евросиёнинг Атлантика қирғоқларидан Япония, Тайван ва Филиппин оролларигача бўлган жойларда тарқалган. Ўрта Осиёда ҳам кўп. Қанотининг уз. 10—12 см, вазни 31— 46 г. Дарё ва кўлларнинг қум тошли қирғоқларида яшайди. Уяси тўшамасиз чуқурчадан иборат. Апрель охирида 4 та тухум қўйиб, 22—24 кун босади. Ҳашаротлар ва уларнинг личинкаси, баъзан Ўсимлик уруғлари билан озикланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.