Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qurtova

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 396-b. — ziyouz.com

    Qurtova QURTOVA, qurtoba — qurutni qaynagan suvda ezib, ayronni qaynatib tayyorlanadigan parhez tansiq taom. Qurut tuyilib yoki suzma iylab ezilib elakdan ötkaziladi va qaynagan issiq suvda yoğoç qoşiq bilan atalasimon massa hosil bölgunça aralaştiriladi. Qozonga solib sust olovda bir qaynatib olinadi va eritilgan sariyoğ (maskayoğ) solib aralaştiriladi. sariyoğ erişi bilan qozonni olovdan olib, kosalarga suziladi.

    Qadimda çorvador qabilalarning qiş, bahor mavsumida tayyorlanadigan taomi hisoblangan. Hoz. davrda asosan, qişloqlarda tayyorlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚУРТОВА, қуртоба — қурутни қайнаган сувда эзиб, айронни қайнатиб тайёрланадиган парҳез тансиқ таом. Қурут туйилиб ёки сузма ийлаб эзилиб элакдан ўтказилади ва қайнаган иссиқ сувда ёғоч қошиқ билан аталасимон масса ҳосил бўлгунча аралаштирилади. Қозонга солиб суст оловда бир қайнатиб олинади ва эритилган сариёғ (маскаёғ) солиб аралаштирилади. сариёғ эриши билан қозонни оловдан олиб, косаларга сузилади.

    Қадимда чорвадор қабилаларнинг қиш, баҳор мавсумида тайёрланадиган таоми ҳисобланган. Ҳоз. даврда асосан, қишлоқларда тайёрланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.