Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ravon

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 7-b. — ziyouz.com

    Ravon — Farğona viloyati Söx tumanidagi qişloq, tumanning ma'muriy markazi. Söx daryosining öng sohilida joylaşgan. Yaqin t.y. stansiyasi — Furqat (62 km). Viloyat markazi (Farğona)gaça — 116 km. Aholisi 5,9 ming kişi (2003). Söx daryosidan suv oladi. R.da tuman hokimiyati binosi, tuman taşkilotlari, umumiy ta'lim maktablari, litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Madaniy, savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari mavjud. Söx tumani telestudiyasi, «Sadoi Söx» gaz. taxririyati faoliyat kursatadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РАВОН — Фарғона вилояти Сўх туманидаги қишлоқ, туманнинг маъмурий маркази. Сўх дарёсининг ўнг соҳилида жойлашган. Яқин т.й. станцияси — Фурқат (62 км). Вилоят маркази (Фарғона)гача — 116 км. Аҳолиси 5,9 минг киши (2003). Сўх дарёсидан сув олади. Р.да туман ҳокимияти биноси, туман ташкилотлари, умумий таълим мактаблари, лицей, деҳқон бозори, маданият саройи, марказий стадион, марказий касалхона бор. Маданий, савдо ва маиший хизмат кўрсатиш шохобчалари мавжуд. Сўх тумани телестудияси, «Садои Сўх» газ. тахририяти фаолият курсатади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.