Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ravşaniylar harakati

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 9-b. — ziyouz.com

    Ravşaniylar harakati — Boburiylar davlatidagi afğonlarning diniy qarşilik harakati (taxm. 1560 — 1638). Uni musulmonlarning ravşaniy degan mazhabi boşqargan (mazhab nomi uning asosçisi Boyazid Ansoriyning laqabi — Pir Ravşandan olingan). Katta qiyinçilik b-n bostirilgan. R.h. boburiylarning harbiy qudratiga putur yetkazgan, afğon davlati taraqqiyotiga katta ta'sir körsatgan va afğonlarning etnik jihatdan jipslaşuviga yordam bergan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РАВШАНИЙЛАР ҲАРАКАТИ — Бобурийлар давлатидаги афғонларнинг диний қаршилик ҳаракати (тахм. 1560 — 1638). Уни мусулмонларнинг равшаний деган мазҳаби бошқарган (мазҳаб номи унинг асосчиси Боязид Ансорийнинг лақаби — Пир Равшандан олинган). Катта қийинчилик б-н бостирилган. Р.ҳ. бобурийларнинг ҳарбий қудратига путур етказган, афғон давлати тараққиётига катта таъсир кўрсатган ва афғонларнинг этник жиҳатдан жипслашувига ёрдам берган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.