Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Reaktiv kuç

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 111–112-b. — ziyouz.com

    Reaktiv kuç REAKTIV KUÇ, reaktiv tortiş kuçi — reaktiv dvigatel soplosidan çiqayotgan gaz oqimining reaksiya (itariş) kuçi. R.k. dvigatelning içki va taşqi sirtiga ta'sir qilayotgan kuçlarning teng ta'sir etuvçisi hisoblanadi. Dvigatel taşqi sirtining har bir elementi (dS yuzasi)da atmosfera bosimi, içida esa atmosfera bosimiga nisbatan katta bölgan dvigatel iş jismi (gaz)ning bosimi mavjud. R.k. soplo öki böylab, gaz oqimining tezlik vektoriga qarama-qarşi yönalgan böladi. R. k.dan texnikada, xususan, kosmonavtikada keng foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РЕАКТИВ КУЧ, реактив тортиш кучи — реактив двигатель соплосидан чиқаётган газ оқимининг реакция (итариш) кучи. Р.к. двигателнинг ички ва ташқи сиртига таъсир қилаётган кучларнинг тенг таъсир этувчиси ҳисобланади. Двигатель ташқи сиртининг ҳар бир элементи (dS юзаси)да атмосфера босими, ичида эса атмосфера босимига нисбатан катта бўлган двигатель иш жисми (газ)нинг босими мавжуд. Р.к. сопло ўки бўйлаб, газ оқимининг тезлик векторига қарама-қарши йўналган бўлади. Р. к.дан техникада, хусусан, космонавтикада кенг фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.