Rekuperator
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 149-b. — ziyouz.com
Rekuperator (lot. recuperator — qayta olinadigan) — gaz apparatlarida iş bajarib bölgan gazlar issiqligidan foydalaniladigan sirtqi issiklik almaşinuv apparati. R.da issiklik eltuvçi (gaz)ning issiqligi ajratiş devori orqali isitiladigan muhitga uzluksiz uzatiladi. R.ning töğri, teskari va aralaş oqimli, yassi yoki silindrik sirtli (silliq yoki qovurğali), havoni, gazni, suyuqlikni isitkiçlar, buğlatkiçlar, kondensatorlar va b. xillari bor.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РЕКУПЕРАТОР (лот. recuperator — қайта олинадиган) — газ аппаратларида иш бажариб бўлган газлар иссиқлигидан фойдаланиладиган сиртқи иссиклик алмашинув аппарати. Р.да иссиклик элтувчи (газ)нинг иссиқлиги ажратиш девори орқали иситиладиган муҳитга узлуксиз узатилади. Р.нинг тўғри, тескари ва аралаш оқимли, ясси ёки цилиндрик сиртли (силлиқ ёки қовурғали), ҳавони, газни, суюқликни иситкичлар, буғлаткичлар, конденсаторлар ва б. хиллари бор.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.