Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Repetitsiya

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 166–167-b. — ziyouz.com

    Repetitsiya (lot. repetitio — qaytariş) — 1) teatr, estrada, sirk tomoşalari, konsert dasturlari, ayrim çiqişlar, sahnalarni (rej. rahbarligida) köp marta (butunlay yoki qisman) takrorlaş orqali tayyorlaşning asosiy şakli; 2) klavişli va b. musiqa asboblarida bir tovuşning tez takrorlanişi; 3) fortepiano mexanizmi xususiyati, u bir tovuşning özini tez takrorlaş imkoniyatiga ega; oddiy (sekundiga 6—8) va murakkab (sekundiga 12) zarbli R. qiliş mumkin bölgan fortepianolar mavjud.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РЕПЕТИЦИЯ (лот. repetitio — қайтариш) — 1) театр, эстрада, цирк томошалари, концерт дастурлари, айрим чиқишлар, саҳналарни (реж. раҳбарлигида) кўп марта (бутунлай ёки қисман) такрорлаш орқали тайёрлашнинг асосий шакли; 2) клавишли ва б. мусиқа асбобларида бир товушнинг тез такрорланиши; 3) фортепиано механизми хусусияти, у бир товушнинг ўзини тез такрорлаш имкониятига эга; оддий (секундига 6—8) ва мураккаб (секундига 12) зарбли Р. қилиш мумкин бўлган фортепианолар мавжуд.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.