Retikulendotelial sistema
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 173-b. — ziyouz.com
Retikulendotelial sistema (makrofot sistema) — odam va umurtqali hayvonlar organizmidagi himoya xujayralari (biriktiruvçi töqimalar gistiotsitlari, kon monotsitlari, kapillyarlar endoteliysi, jigarning Kupfer hujayralari) majmui. R.ex. bakteriyalar va turli yot yoki toksik zarralarni qamrab oladi va hazm qiladi, ya'ni fagotsitoz xususiyatiga ega; kon yaratilişi va antitelolarning vujudga kelişida, şuningdek, moddalar almaşinuvida qatnaşadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РЕТИКУЛЭНДОТЕЛИАЛ СИСТЕМА (макрофот система) — одам ва умуртқали ҳайвонлар организмидаги ҳимоя хужайралари (бириктирувчи тўқималар гистиоцитлари, кон моноцитлари, капиллярлар эндотелийси, жигарнинг Купфер ҳужайралари) мажмуи. Р.эх. бактериялар ва турли ёт ёки токсик зарраларни қамраб олади ва ҳазм қилади, яъни фагоцитоз хусусиятига эга; кон яратилиши ва антителоларнинг вужудга келишида, шунингдек, моддалар алмашинувида қатнашади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.