Retsidivist
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 183-b. — ziyouz.com
Retsidivist (lot. recidivus — qaytalanuvçi, takrorlanadigan) — ilgari sudlanib, aynan şunday yoki öxşaş jinoyat sodir etgan şaxs R. Jamiyat uçun xavfli bölganligi sababli birmunça oğir jinoiy javobgarlikka tortiladi. Özbekiston Respublikasi jinoyat huquqida alohida xavfli R.ni javobgarlikka tortişning maxsus tartiblari nazarda tutilgan. Şaxsni öta xavfli R. deb topişga faqat sud haklidir.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РЕЦИДИВИСТ (лот. recidivus — қайталанувчи, такрорланадиган) — илгари судланиб, айнан шундай ёки ўхшаш жиноят содир этган шахс Р. Жамият учун хавфли бўлганлиги сабабли бирмунча оғир жиноий жавобгарликка тортилади. Ўзбекистон Республикаси жиноят ҳуқуқида алоҳида хавфли Р.ни жавобгарликка тортишнинг махсус тартиблари назарда тутилган. Шахсни ўта хавфли Р. деб топишга фақат суд ҳаклидир.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.