Rezervat
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 135-b. — ziyouz.com
Rezervat (lot. rezervatus — saqlangan) — öz tartibiga köra, buyurtma qöriqxonaga yaqin bölgan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud. R.da tabiiy kompleks elementlardan biri muhofaza qilinadigan asosiy obyekt böladi. R.da ovlanadigan sut emizuvçilar, quşlar yoki baliklar, hayvonlar yoki ösimliklarning noyob turlari muhofaza qilinişi mumkin. R.da köpaygan hayvonlar va ösimliklar boşqa hududlarga tabiiy yöl b-n tarqaladi yoki ular iqlimlaştiriladi va introduksiya qilinadi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda R. termini, asosan, çet ellardagi muhofaza qilinadigan hududlarga nisbatan qöllanadi. Ba'zi qöriqxona va buyurtma qöriqxonalar ham R. deyiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РЕЗЕРВАТ (лот. rezervatus — сақланган) — ўз тартибига кўра, буюртма қўриқхонага яқин бўлган, муҳофаза қилинадиган табиий ҳудуд. Р.да табиий комплекс элементлардан бири муҳофаза қилинадиган асосий объект бўлади. Р.да овланадиган сут эмизувчилар, қушлар ёки баликлар, ҳайвонлар ёки ўсимликларнинг ноёб турлари муҳофаза қилиниши мумкин. Р.да кўпайган ҳайвонлар ва ўсимликлар бошқа ҳудудларга табиий йўл б-н тарқалади ёки улар иқлимлаштирилади ва интродукция қилинади. Замонавий илмий адабиётларда Р. термини, асосан, чет эллардаги муҳофаза қилинадиган ҳудудларга нисбатан қўлланади. Баъзи қўриқхона ва буюртма қўриқхоналар ҳам Р. дейилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.