Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ridberg doimiysi

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 190-b. — ziyouz.com

    Ridberg doimiysi (R) — siyraklaştirilgan gaz yoki metall buğlari körinişidagi izolyatsiyalangan atomlarning nurlaniş çastotalari va energiya satxlarini hisoblaşda qöllanadigan formulalar tarkibiga kiruvçi asosiy fizik kattalik. R b-n belgilanadi. Agar atom yadrosining massasi elektron massasiga nisbatan çeksiz katta (yadro qözğalmas holatda) deb olinsa, u qolda R—2n2mei/chi =(1,097373143±1O)1O7 m1, bunda ye va i — elektron zaryadi va massasi, s— yoruğlikning vakuumdagi tezligi, h — Plank doimiysi. 1890 y.da şved fizigi I. Ridberg (1854— 1919) atom spektrlarini örganayotganda şu birlikni fanga kiritgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РИДБЕРГ ДОИМИЙСИ (R) — сийраклаштирилган газ ёки металл буғлари кўринишидаги изоляцияланган атомларнинг нурланиш частоталари ва энергия сатхларини ҳисоблашда қўлланадиган формулалар таркибига кирувчи асосий физик катталик. R б-н белгиланади. Агар атом ядросининг массаси электрон массасига нисбатан чексиз катта (ядро қўзғалмас ҳолатда) деб олинса, у қолда R—2n2mei/chi =(1,097373143±1О)1О7 м1, бунда е ва и — электрон заряди ва массаси, с— ёруғликнинг вакуумдаги тезлиги, h — Планк доимийси. 1890 й.да швед физиги И. Ридберг (1854— 1919) атом спектрларини ўрганаётганда шу бирликни фанга киритган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.