Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Riflar

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 210-b. — ziyouz.com

    Riflar — sayoz joylarda dengiz tubining suv ostidagi yoki suv yuzasidan kötarilib turgan balandliklari. Dengiz tubidagi qoyalar yoki qirğoqlarning yemirilişidan, marjon qurilmalaridan, ohakli suvötlar qoldiqlaridan hosil böladi. R., asosan, ekvatorial va tropik dengizlarda, suv trasi 20° dan yuqori bölgan, kuçli tölqinlar bölmaydigan hududlarda tarqalgan. Tösiq P., qirğoq P., halqasimon P. (atollar) ajratiladi. Avstraliyaning şim.şarqiy qirğoği yaqinidagi uz. 200 km li Katta Tösiq rifi eng katta rifdir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РИФЛАР — саёз жойларда денгиз тубининг сув остидаги ёки сув юзасидан кўтарилиб турган баландликлари. Денгиз тубидаги қоялар ёки қирғоқларнинг емирилишидан, маржон қурилмаларидан, оҳакли сувўтлар қолдиқларидан ҳосил бўлади. Р., асосан, экваториал ва тропик денгизларда, сув траси 20° дан юқори бўлган, кучли тўлқинлар бўлмайдиган ҳудудларда тарқалган. Тўсиқ P., қирғоқ P., ҳалқасимон P. (атоллар) ажратилади. Австралиянинг шим.шарқий қирғоғи яқинидаги уз. 200 км ли Катта Тўсиқ рифи энг катта рифдир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.