Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Rodanidlar

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 220-b. — ziyouz.com

    Rodanidlar RODANIDLAR, tiotsianatlar — rodanid kislotanst hosilalari. Umumiy formulasi RSCN (R — bir valentli metall yoki organik radikal, SCN — rodan yoki tiotsian ion). Anorganik R. — tuzlar, Mas, kaliy rodanid, ammoniy rodanid. Köpçilik R. suvda yaxşi eriydi. R. sianidlarga oltingugurt qöşilişi natijasida hosil böladi. Koks gazini tozalaşda ham köpgina miqdorda R. ajraladi. Anorganik R. analitik kimyoda, organik R. insektitsid, fungitsit, bakteritsid va gerbitsidlar sifatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РОДАНИДЛАР, тиоцианатлар — роданид кислотанцт ҳосилалари. Умумий формуласи RSCN (R — бир валентли металл ёки органик радикал, SCN — родан ёки тиоциан ион). Анорганик Р. — тузлар, Мас, калий роданид, аммоний роданид. Кўпчилик Р. сувда яхши эрийди. Р. цианидларга олтингугурт қўшилиши натижасида ҳосил бўлади. Кокс газини тозалашда ҳам кўпгина миқдорда Р. ажралади. Анорганик Р. аналитик кимёда, органик Р. инсектицид, фунгицит, бактерицид ва гербицидлар сифатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.