Rota
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 272-b. — ziyouz.com
Rota (polyakça rota, nem. Rotte — tuda, otryaddan) — köpgina davlatlar qurolli kuçlaridagi motoöqçi (motopiyoda askarlar, piyoda askarlar), tank, muhandislik qöşinlari va b.dagi taktik bölinma. Dastlab 15-a. oxiri — 16-a. boşida Ğarbiy Yevropa davlatlarining yollanma armiyalarida tuzilgan. Hoz. zamonda R. bir neça vzvoddan iborat bölib, batalon (polk) tarkibiga kiradi, mustaqil xam bölişi mumkin. Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarida R. guruh deb nomlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РОТА (полякча rota, нем. Rotte — туда, отряддан) — кўпгина давлатлар қуролли кучларидаги мотоўқчи (мотопиёда аскарлар, пиёда аскарлар), танк, муҳандислик қўшинлари ва б.даги тактик бўлинма. Дастлаб 15-а. охири — 16-а. бошида Ғарбий Европа давлатларининг ёлланма армияларида тузилган. Ҳоз. замонда Р. бир неча взводдан иборат бўлиб, батальон (полк) таркибига киради, мустақил хам бўлиши мумкин. Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларида Р. гуруҳ деб номланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.