Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Rotaprint

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 272-b. — ziyouz.com

    Rotaprint (lot. roto — aylantiraman va ing. print — bosmoq) — ofset bosma usulida işlaydigan ixçam bosma maşina. Xizmatga doir va axborot hujjatlarini, referatlar, byulletenlar va b. naşrlarni kiçik tirajda köpaytirişda işlatiladi. R.da matn va rasmlar tuşirilgan yupqa metall zarqoğoz (alyuminiy, ruxdan tayyorlangan) bosma qolip vazifasini ötaydi. Plastik materiallarga elektron yöl b-n köçirib ham qolip tayyorlanadi. Kdlipga kimyoviy işlov berilgaç, u R. silindriga mahkamlanadi. Undan qoğozga nusxa köçiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РОТАПРИНТ (лот. roto — айлантираман ва инг. print — босмоқ) — офсет босма усулида ишлайдиган ихчам босма машина. Хизматга доир ва ахборот ҳужжатларини, рефератлар, бюллетенлар ва б. нашрларни кичик тиражда кўпайтиришда ишлатилади. Р.да матн ва расмлар туширилган юпқа металл зарқоғоз (алюминий, рухдан тайёрланган) босма қолип вазифасини ўтайди. Пластик материалларга электрон йўл б-н кўчириб ҳам қолип тайёрланади. Кдлипга кимёвий ишлов берилгач, у Р. цилиндрига маҳкамланади. Ундан қоғозга нусха кўчирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.