Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Rudolf oroli

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 288-b. — ziyouz.com

    Rudolf oroli RUDOLF OROLI, Rudolf Yeri — Frans Iosif Yeri arxipelagidagi eng şim. orol (RF Arxangelsk viloyati tarkibida). Asosan, qumtoş va bazaltdan tarkib topgan. Mayd. 297 km2ga yaqin. Deyarli butunlay muz b-n qoplanib yotadi. 1936 y.dan Qutb stansiyasi bor. Tadqiqotçi Yu. Payer tomonidan Avstriya valiahdi nomiga qöyilgan. Bir neça bor Şim. qutbga boruvçi ekspeditsiyalarning bazasi sifatida foydalanilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РУДОЛЬФ ОРОЛИ, Рудольф Ери — Франц Иосиф Ери архипелагидаги энг шим. орол (РФ Архангельск вилояти таркибида). Асосан, қумтош ва базальтдан таркиб топган. Майд. 297 км2га яқин. Деярли бутунлай муз б-н қопланиб ётади. 1936 й.дан Қутб станцияси бор. Тадқиқотчи Ю. Пайер томонидан Австрия валиаҳди номига қўйилган. Бир неча бор Шим. қутбга борувчи экспедицияларнинг базаси сифатида фойдаланилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.