Ruşon tizmasi
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 313-b. — ziyouz.com
Ruşon tizmasi — Ğarbiy Pomirdagi toğ tizmasi (Tojikiston). Uz. 120 km. Eng baland joyi Patxor çöqqisi — 6080 m. R.t. granitoid, metamorfik va gilli slanetslar, kvarsit, qumtoş, ohaktoş, gneyslardan tarkib topgan. Yon bağirlari toş uyumlaridan, subtropik daştlar va şuvokli çala çöl hamda çöl vodiysi landşaftlaridan iborat. Daryo vodiylarida tol, jirğanoq, terak, dölana, qayin ösadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РУШОН ТИЗМАСИ — Ғарбий Помирдаги тоғ тизмаси (Тожикистон). Уз. 120 км. Энг баланд жойи Патхор чўққиси — 6080 м. Р.т. гранитоид, метаморфик ва гилли сланецлар, кварцит, қумтош, оҳактош, гнейслардан таркиб топган. Ён бағирлари тош уюмларидан, субтропик даштлар ва шувокли чала чўл ҳамда чўл водийси ландшафтларидан иборат. Дарё водийларида тол, жирғаноқ, терак, дўлана, қайин ўсади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.