Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Rustambek Yusufbekov

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 74-b. — ziyouz.com

    Yusufbekov Rustambek YUSUFBEKOV Rustambek, Rustambek domla (1880 — Toşkent — 1950.17.5) — pedagog, özbek ma'rifatparvari. Dastlab maktabxonat, söng Toşkentdagi Kökaldoş madrasasida öqigan. 1910- y.larda yangi usul maktabi oçib, unda öqituvçilik qilgan. «Ta'limi avval» («Dastlabki ta'lim») alifbe kitobini (1913), «Ta'limi soniy» («Ikkinçi ta'lim») öqiş kitobni (1915) yozgan. Jadidçilik harakatida qatnaşganligi uçun qamalgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЮСУФБЕКОВ Рустамбек, Рустамбек домла (1880 — Тошкент — 1950.17.5) — педагог, ўзбек маърифатпарвари. Дастлаб мактабхонат, сўнг Тошкентдаги Кўкалдош мадрасасида ўқиган. 1910- й.ларда янги усул мактаби очиб, унда ўқитувчилик қилган. «Таълими аввал» («Дастлабки таълим») алифбе китобини (1913), «Таълими соний» («Иккинчи таълим») ўқиш китобни (1915) ёзган. Жадидчилик ҳаракатида қатнашганлиги учун қамалган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.