Safedköh
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 227-b. — ziyouz.com
Safedköh — Afğonistondagi toğ tizmasi. Paropamiz toğ sistemasining öq qismi. Eng baland joyi — 3642 m. Kenglik böylab 350 km ga çözilgan. Murğob va Herirud daryolari vodiylarini ajratib turadi. Asosan, ohaktoşlardan tuzilgan. Jarlar b-n öyilgan; yon bağirlarida çala çöl ösimliklari ösadi, arçazor va pistazorlar bor.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
САФЕДКЎҲ — Афғонистондаги тоғ тизмаси. Паропамиз тоғ системасининг ўқ қисми. Энг баланд жойи — 3642 м. Кенглик бўйлаб 350 км га чўзилган. Мурғоб ва Ҳерируд дарёлари водийларини ажратиб туради. Асосан, оҳактошлардан тузилган. Жарлар б-н ўйилган; ён бағирларида чала чўл ўсимликлари ўсади, арчазор ва пистазорлар бор.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.