Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Said ota masjidi

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 31-b. — ziyouz.com

    Said ota masjidi — Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi me'moriy yodgorlik (1766). Masjid usti yopiqhovli (14,0x7,0 m), xonaqoh (7,0x7,0 m), ayvon va unga kiraverişdagi qöşimça xonalar (qorovulxona, otxona va b.)dan iborat. Masjid oldini qator ustunli ayvonlar egallagan. Hovli markazida quduq saqlangan. Xonaqoh gumbaz tomli, gumbaz asosiga ğiştin şarafalar, ostki qismiga 8 ta ravokdi deraza işlangan. S.o.m. bezaksiz, yoğoç öymakorligida bezatilgan ustun, eşik va dera'zalar diqqatga sazovor. Darvozadagi arab yozuvlari orasida masjidning qurilgan yili qayd etilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    САИД ОТА МАСЖИДИ — Хоразм вилояти Хонқа туманидаги меъморий ёдгорлик (1766). Масжид усти ёпиқҳовли (14,0x7,0 м), хонақоҳ (7,0x7,0 м), айвон ва унга кираверишдаги қўшимча хоналар (қоровулхона, отхона ва б.)дан иборат. Масжид олдини қатор устунли айвонлар эгаллаган. Ҳовли марказида қудуқ сақланган. Хонақоҳ гумбаз томли, гумбаз асосига ғиштин шарафалар, остки қисмига 8 та равокди дераза ишланган. С.о.м. безаксиз, ёғоч ўймакорлигида безатилган устун, эшик ва дера’залар диққатга сазовор. Дарвозадаги араб ёзувлари орасида масжиднинг қурилган йили қайд этилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.