Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Saklar

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 61–63-b. — ziyouz.com

    Saklar SAKLAR, şaklar — Osiyo daştlarining çorvador aholisi. Arxeologik adabiyotlarda bu davr «Ilk temir davri», «Ilk köçmançilar davri», «S. davri» sifatida ma'lum. Gerodotttg yozişiga qaraganda, Yevrosiyo çöllarining köçmançilar dunyosi şim. va şarqiy Qora dengiz böyi qabilalaridan birining nomi b-n skuda keyinroq skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar.

    Arxeologik materiallar taxliliga köra, mil. av. 8—2-a.larda Xitoyning Xuanxe daryosidan to Dunaygaça kenglikda yaşagan daşt qabilalariga tegişli «hayvon tasvirlari uslubi»da işlangan noyob san'at asarlari skif san'ati, skif madaniyati nomi b-n maşqur. Mana şu daşt aholisi — S.ning kundalik turmuş tarzi, qurolyaroğ va ot anjomlarining tipi, skiflarga xos kiyimkeçak va uyrözğor asbobuskunalari juda birbiriga öxşaşki, bu yaqinlik skifsaklar etnomadaniy hayotining tub ma'no va mazmunini taşkil etadi. Axomaniy hukmdorlarining Bihistun kitobalarit Sirdaryo ortidagi kabilalar S. deb atalgan. Gerodot, «Tarix» asarida «forslar barça skiflarni saklar deb ataydilar» deb yozadi. Podşo Doroning Naqşi Rustam yozuvida S. «Paradraya», («Tiaytaradarayya», ya'ni dengiz ortidagi S.) deb tilga olingan. «Sak» atamasi aslida manbalarda axomaniylargaça ma'lum. Mas, Ossuriya poytaxtidagi Iştar ibodatxonasini qaziş vaqtida marmar taxtaga podşo Aşşurbanipal (mil. av. 669—631) yozdirgan xat topilgan. Xatda kimmeriylar va ularning sardori Tugdammani Kilikiyadagi jangda halok bölgani, uni S. podşosi ekanligi eslatiladi. Bihistun kitobalarining Akkadça nusxasida forslar özlariga yaqin qöşnilari S. ni «kimmeriylar» atamasi b-n tilga oladi. Manbalar tax/şlidan tarixiy xulosa şuki, sak va kimmeriylarning birlaşgan qöşinlari ittifoqi asosida taşkil topgan bu yangi siyosiy kuç qaysi bir yetakçi qabila nomi b-n atalmasin, manbalarda ularning jangovar köçmançi oriylar ekanligi közda tutilgan. Qad. tarixda S. dovruğining boşlanişi mil. av. 8—7-a. larda kimmerii va skif qabilalarining Qora dengiz böylari va Old Osiyoga yurişi davrida yuz berdi. Uning davomi Amu va Sirdaryo orti Sini axomaniy podşolari Kir II va Doro b-n bölgan jangu jadallarida namoyon böldi. Xuddi mana şu voqealar asnosida S.ning vatani, hayoti va urfodatlari, uruğaymoqlari va ularning şim. va şarqiy qöşnilari haqida dastlabki ma'lumotlar paydo böldi. Tarixçi Elian (3-a.) S.da bir odat borligini, unga köra uylanişni istagan kişi qiz b-n yer ostidagi binoda qolib bellaşişi lozimligi, agar qizni yengolmasa, u qizning asiri bölib qolişi haqida ma'lumot beradi. Sak ayollari erkaklar b-n bir qatorda janglarda iştirok etişgan. Ular yovni aldaş uçun yolğondan qoçişga, xuddi erkaklardek ot ustida çopib keta turib orqalariga ögirilib kamondan öq otişga mohir bölişgan.

    Tigraxauda («Çöqqi qalpoqli» yoki «kamondan öq otuvçi») Si b-n jangga kirişda Doro katta suvdan kema va sollar yordamida suzib ötganligi haqida hikoya qiladi, tadqiqotçilar katta suv — bu Sirdaryo bölişi kerak deb taxmin qiladilar. Doroning tilla va kumuş taxtaçalarga yozdirib qoldirgan tarixiy lavhalarida Doro saltanatining şim.şarqiy çegarasi suğdlar mamlakatining ortidagi S. yurti deyilgan. Demak, S. mamlakati suğd yerlaridan Sirdaryo orqali ajralgan. Doro va uning vorisi Kserks (mil. av. 486—464 y.) lavhalarida axomaniylarga tobe yana bir sak qabila ittifoqi tilga olinadi, ular xaumavarka (muqaddas xaoma içimligi içuvçi) S i bölib, ular egallagan yurtlar «MixrYaşta» madhiyalariga köra, Farğona vodiysi va Şarqiy Turkistonga töğri keladi. Kserksning Persepol' lavhalarida tigraxauda va xaumavarka Si b-n bir qatorda ularga qardoş va tiddoş dahlar haqida ran boradi. Axomaniy yozuvlarida Erondan şarkda boşqa sak qabilalari haqida xabar uçramaydi. Ammo, yunonrim muarrixlari S.ning boşqa turlari haqida köp ma'lumotlar qoldirgan. Mas, Gerodot ortokaribant Si (uçli qalpokli S), amyurgiya («daryo orti») S. i va daxlar haqida söz yuritadi. Adabiyotlarda ularning birinçilarini axomaniylarning tigraxauda va xaumavarka Si b-n öxşaşligi ta'kidlanadi. Fanda bu masalada turliça qaraşlar mavjud. Mas, A. Xerman va B. Litvinskiylar, yunon mualliflari tigraxauda Sini massagetlar ittifoki b-n bir ekanligini taxmin qilsalar, S. G. Klyaştorniy Arrianta iqtibos qilib, massagetlarni daxlar b-n bir xalq deb ta'kidlaydi. Arrian mil. av. 4-a.da daxlar Tanais ortida, ya'ni Sirdaryo ortida va Tanais böylab yaşaganligini qayd qilib ötadi. Arrian massagetlarni aynan skifsak ekanligini Spşpamen kuraşlari munosabati b-n yaxşi baholagan. Arrian uçun massagetlar Amudaryoning çal soxilida istikrmat kiluvçi noçor qabila jamoalari edi, Suğd b-n ğarbiy çegaradoş edi. Daxlar esa, aksinça, Suğdiyonaning şim.şarqiy qöşnisi, Tanais (Sirdaryo) vodiysining aholisi edi. Arrian dahlarni sovutlarga öralgan jangovar suvoriy jangçilar, Doro harbiy yurişlarining saralangan otliq askarlari sifatida ta'riflaydi. Demak, massagetlar çorvador saklarning kambağal qatlamini taşkil etea, daxlar ularning badavlat kaşami — oriylari edi. Gerodotning yozişiça, S. askarlarining boşlarida qalin kigizdan tikilgan, çöqqi qalpoklari bölgan. Ular sak öq yoylari, kalta qiliçlar (akinaklar), oyboltalar (sagariylar) b-n qurollanganlar. S. özlarining harbiy mahoratlari, asosan, öq yey otişga ustaliklari b-n dong çiqarganlar. Qad. dunyo muarrixlari S. ni dunyodagi eng mohir merganlar deb ta'riflaşgan. Mil. av. 238 y.da dah qabilalaridan biri parnlar Parfiya davlatini tuzgan. Arxeolog K. Akişev Markaziy Qozoğistonda örgangan «Tasmöla madaniyati» sak qabila ittifoqiga kiruvçi issedonlarta tegişli ekanligini yozadi.

    Mil. av. 2-a.dan boşlab S.ning turli qabilalari jan.ga (Hindiston va Eron) siljib YunonBaqtriya podşoligini tormor etişda qatnaşgan. Eronda S qad. Dranğiyona viloyatida, Xamun köli atrofiga joylaşişgan, bu yer Sakaston — saklar mamlakati, keyinçalik Seyiston, Siston deb atalgan. Hindistonning şim.ğarbida, Gandxara viloyatida ular mil.av. taxm. 1-a.da olimlar tomonidan Hindsak davlati deb atalgan siyosiy birlaşma barpo etişgan, bu davlatga mansub tangalar topilgan. Davlat asosçisi podşoh Maues bölib, uning vorislari Az, Azilis kabi ismga ega bölişgan. Hindsak davlati hindparfyan sulolasi tomonidan bosib olingan, keyinçalik Kuşon podşoligita qöşib yuborilgan. Hind yozma manbalarida sak etnonimi şaka sifatida berilgan, Hindistonda Şaka erasi mavjud bölgani ma'lum. Xitoy yozma manbalarida S. se xalqi deb qayd etilgan. S. astasekin Hindiston, Eron, Örta Osiyodagi xalqlar, qabilalar tarkibiga singib ketganlar.

    Örta Osiyo va Qozoğiston sak qabilalari madaniyati haqidagi ma'lumotlar arxeologik tadqiqotlar tufayli qölga kiritilgan. Mas, Ili vodiysida örganilgan Besşatir yoki Tagisken va Issiq qörğonlari, Sirdaryoning quyi havzasida örganilgan Uygarak qörğonlari, Yettisuv vodiysining sakaraukiylari (sakaravllar yoxud sakaravaklar) va b. Xullas, Örta Osiyo va Qozoğiston çöllarida, asosan, çorvaçilik xöjaligi b-n şuğullangan daştlilar S. etnosini taşkil etgan. Öz davrida suğdlarning bobokalonlari ham Örta Osiyo ikki daryo oraliği S.i bölgan. Massagetlar esa xorazmiylarning bobokalonlari edi. Avestoda tilga olingan turlar Turon zaminning Si bölganligi şubqasiz. Şuningdek, Qozoğiston S.ining bobokalonlari Andronovo madaniyati aholisi (oriylar, daxlar va Avestodagi turlar) bölgan.

    «S.» atamasi «Saxa» körinişida Saxa Respublikasining rasmiy nomida saqlangan.

    Ad.: Gerodot, Istoriya (v devyati knigax), Per.s greçeskogo, t.1, kniga IV, VII, L., 1972; Akişev K. A., Kuşayev G. A., Drevnyaya kultura sakov i usuney dolini r. Ili, AlmaAta, 1963; Strabon, Geografiya. V 17 knigax, XI, Per. G.A. Stratanovskogo, M., 1964; Staviskiy B. Ya., Srednyaya Aziya i axemenidskiy Iran. Sb. «Istoriya Iranskogo gosudarstva i kulturi», M, 1971; Dandamayev M. A., Danniye vavilonskix dokumentov VI— V vv. do n. e. o sakax, VDI, 1, 1977; Dyakonov I. M.,K metodike issledovaniy po etniçeskoy istorii («kimmeriysi»). Sb. «Etniçeskiye problemi istorii Sentralnoy Azii v drevnosti», M., 1981; Klyaştorniy S. G., Sultanov T. I., Gosudarstva i narodi Yevraziyskix stepey. Drevnost i srednevekovye. Sankt-Peterburg, 2000.

    Ahmadali Asqarov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    САКЛАР, шаклар — Осиё даштларининг чорвадор аҳолиси. Археологик адабиётларда бу давр «Илк темир даври», «Илк кўчманчилар даври», «С. даври» сифатида маълум. Геродотттг ёзишига қараганда, Евросиё чўлларининг кўчманчилар дунёси шим. ва шарқий Қора денгиз бўйи қабилаларидан бирининг номи б-н скуда кейинроқ сколотлар деб аталган. Юнонлар эса уларни скифлар деб юритганлар.

    Археологик материаллар тахлилига кўра, мил. ав. 8—2-а.ларда Хитойнинг Хуанхэ дарёсидан то Дунайгача кенгликда яшаган дашт қабилаларига тегишли «ҳайвон тасвирлари услуби»да ишланган ноёб санъат асарлари скиф санъати, скиф маданияти номи б-н машқур. Мана шу дашт аҳолиси — С.нинг кундалик турмуш тарзи, қуроляроғ ва от анжомларининг типи, скифларга хос кийимкечак ва уйрўзғор асбобускуналари жуда бирбирига ўхшашки, бу яқинлик скифсаклар этномаданий ҳаётининг туб маъно ва мазмунини ташкил этади. Ахоманий ҳукмдорларининг Биҳистун китобаларит Сирдарё ортидаги кабилалар С. деб аталган. Геродот, «Тарих» асарида «форслар барча скифларни саклар деб атайдилар» деб ёзади. Подшо Доронинг Нақши Рустам ёзувида С. «Парадрайа», («Тиайтарадарайя», яъни денгиз ортидаги С.) деб тилга олинган. «Сак» атамаси аслида манбаларда ахоманийларгача маълум. Мас, Оссурия пойтахтидаги Иштар ибодатхонасини қазиш вақтида мармар тахтага подшо Ашшурбанипал (мил. ав. 669—631) ёздирган хат топилган. Хатда киммерийлар ва уларнинг сардори Тугдаммани Киликиядаги жангда ҳалок бўлгани, уни С. подшоси эканлиги эслатилади. Биҳистун китобаларининг Аккадча нусхасида форслар ўзларига яқин қўшнилари С. ни «киммерийлар» атамаси б-н тилга олади. Манбалар тах/шлидан тарихий хулоса шуки, сак ва киммерийларнинг бирлашган қўшинлари иттифоқи асосида ташкил топган бу янги сиёсий куч қайси бир етакчи қабила номи б-н аталмасин, манбаларда уларнинг жанговар кўчманчи орийлар эканлиги кўзда тутилган. Қад. тарихда С. довруғининг бошланиши мил. ав. 8—7-а. ларда киммерии ва скиф қабилаларининг Қора денгиз бўйлари ва Олд Осиёга юриши даврида юз берди. Унинг давоми Аму ва Сирдарё орти Сини ахоманий подшолари Кир II ва Доро б-н бўлган жангу жадалларида намоён бўлди. Худди мана шу воқеалар асносида С.нинг ватани, ҳаёти ва урфодатлари, уруғаймоқлари ва уларнинг шим. ва шарқий қўшнилари ҳақида дастлабки маълумотлар пайдо бўлди. Тарихчи Элиан (3-а.) С.да бир одат борлигини, унга кўра уйланишни истаган киши қиз б-н ер остидаги бинода қолиб беллашиши лозимлиги, агар қизни енголмаса, у қизнинг асири бўлиб қолиши ҳақида маълумот беради. Сак аёллари эркаклар б-н бир қаторда жангларда иштирок этишган. Улар ёвни алдаш учун ёлғондан қочишга, худди эркаклардек от устида чопиб кета туриб орқаларига ўгирилиб камондан ўқ отишга моҳир бўлишган.

    Тиграхауда («Чўққи қалпоқли» ёки «камондан ўқ отувчи») Си б-н жангга киришда Доро катта сувдан кема ва соллар ёрдамида сузиб ўтганлиги ҳақида ҳикоя қилади, тадқиқотчилар катта сув — бу Сирдарё бўлиши керак деб тахмин қиладилар. Доронинг тилла ва кумуш тахтачаларга ёздириб қолдирган тарихий лавҳаларида Доро салтанатининг шим.шарқий чегараси суғдлар мамлакатининг ортидаги С. юрти дейилган. Демак, С. мамлакати суғд ерларидан Сирдарё орқали ажралган. Доро ва унинг вориси Ксеркс (мил. ав. 486—464 й.) лавҳаларида ахоманийларга тобе яна бир сак қабила иттифоқи тилга олинади, улар хаумаварка (муқаддас хаома ичимлиги ичувчи) С и бўлиб, улар эгаллаган юртлар «МихрЯшта» мадҳияларига кўра, Фарғона водийси ва Шарқий Туркистонга тўғри келади. Ксеркснинг Персеполъ лавҳаларида тиграхауда ва хаумаварка Си б-н бир қаторда уларга қардош ва тиддош даҳлар ҳақида ran боради. Ахоманий ёзувларида Эрондан шаркда бошқа сак қабилалари ҳақида хабар учрамайди. Аммо, юнонрим муаррихлари С.нинг бошқа турлари ҳақида кўп маълумотлар қолдирган. Мас, Геродот ортокарибант Си (учли қалпокли С), амюргия («дарё орти») С. и ва дахлар ҳақида сўз юритади. Адабиётларда уларнинг биринчиларини ахоманийларнинг тиграхауда ва хаумаварка Си б-н ўхшашлиги таъкидланади. Фанда бу масалада турлича қарашлар мавжуд. Мас, А. Херман ва Б. Литвинскийлар, юнон муаллифлари тиграхауда Сини массагетлар иттифоки б-н бир эканлигини тахмин қилсалар, С. Г. Кляшторний Аррианта иқтибос қилиб, массагетларни дахлар б-н бир халқ деб таъкидлайди. Арриан мил. ав. 4-а.да дахлар Танаис ортида, яъни Сирдарё ортида ва Танаис бўйлаб яшаганлигини қайд қилиб ўтади. Арриан массагетларни айнан скифсак эканлигини Спшпамен курашлари муносабати б-н яхши баҳолаган. Арриан учун массагетлар Амударёнинг чал сохилида истикрмат килувчи ночор қабила жамоалари эди, Суғд б-н ғарбий чегарадош эди. Дахлар эса, аксинча, Суғдиёнанинг шим.шарқий қўшниси, Танаис (Сирдарё) водийсининг аҳолиси эди. Арриан даҳларни совутларга ўралган жанговар суворий жангчилар, Доро ҳарбий юришларининг сараланган отлиқ аскарлари сифатида таърифлайди. Демак, массагетлар чорвадор сакларнинг камбағал қатламини ташкил этеа, дахлар уларнинг бадавлат кашами — орийлари эди. Геродотнинг ёзишича, С. аскарларининг бошларида қалин кигиздан тикилган, чўққи қалпоклари бўлган. Улар сак ўқ ёйлари, калта қиличлар (акинаклар), ойболталар (сагарийлар) б-н қуролланганлар. С. ўзларининг ҳарбий маҳоратлари, асосан, ўқ ей отишга усталиклари б-н донг чиқарганлар. Қад. дунё муаррихлари С. ни дунёдаги энг моҳир мерганлар деб таърифлашган. Мил. ав. 238 й.да даҳ қабилаларидан бири парнлар Парфия давлатини тузган. Археолог К. Акишев Марказий Қозоғистонда ўрганган «Тасмўла маданияти» сак қабила иттифоқига кирувчи исседонларта тегишли эканлигини ёзади.

    Мил. ав. 2-а.дан бошлаб С.нинг турли қабилалари жан.га (Ҳиндистон ва Эрон) силжиб ЮнонБақтрия подшолигини тормор этишда қатнашган. Эронда С қад. Дранғиёна вилоятида, Хамун кўли атрофига жойлашишган, бу ер Сакастон — саклар мамлакати, кейинчалик Сейистон, Систон деб аталган. Ҳиндистоннинг шим.ғарбида, Гандхара вилоятида улар мил.ав. тахм. 1-а.да олимлар томонидан Ҳиндсак давлати деб аталган сиёсий бирлашма барпо этишган, бу давлатга мансуб тангалар топилган. Давлат асосчиси подшоҳ Мауэс бўлиб, унинг ворислари Аз, Азилис каби исмга эга бўлишган. Ҳиндсак давлати ҳиндпарфян сулоласи томонидан босиб олинган, кейинчалик Кушон подшолигита қўшиб юборилган. Ҳинд ёзма манбаларида сак этноними шака сифатида берилган, Ҳиндистонда Шака эраси мавжуд бўлгани маълум. Хитой ёзма манбаларида С. сэ халқи деб қайд этилган. С. астасекин Ҳиндистон, Эрон, Ўрта Осиёдаги халқлар, қабилалар таркибига сингиб кетганлар.

    Ўрта Осиё ва Қозоғистон сак қабилалари маданияти ҳақидаги маълумотлар археологик тадқиқотлар туфайли қўлга киритилган. Мас, Или водийсида ўрганилган Бесшатир ёки Тагискен ва Иссиқ қўрғонлари, Сирдарёнинг қуйи ҳавзасида ўрганилган Уйгарак қўрғонлари, Еттисув водийсининг сакараукийлари (сакаравллар ёхуд сакараваклар) ва б. Хуллас, Ўрта Осиё ва Қозоғистон чўлларида, асосан, чорвачилик хўжалиги б-н шуғулланган даштлилар С. этносини ташкил этган. Ўз даврида суғдларнинг бобокалонлари ҳам Ўрта Осиё икки дарё оралиғи С.и бўлган. Массагетлар эса хоразмийларнинг бобокалонлари эди. Авестода тилга олинган турлар Турон заминнинг Си бўлганлиги шубқасиз. Шунингдек, Қозоғистон С.ининг бобокалонлари Андроново маданияти аҳолиси (орийлар, дахлар ва Авестодаги турлар) бўлган.

    «С.» атамаси «Саха» кўринишида Саха Республикасининг расмий номида сақланган.

    Ад.: Геродот, История (в девяти книгах), Пер.с греческого, т.1, книга IV, VII, Л., 1972; Акишев К. А., Кушаев Г. А., Древняя культура саков и усуней долины р. Или, АлмаАта, 1963; Страбон, География. В 17 книгах, XI, Пер. Г.А. Стратановского, М., 1964; Ставиский Б. Я., Средняя Азия и ахеменидский Иран. Сб. «История Иранского государства и культуры», М, 1971; Дандамаев М. А., Данные вавилонских документов VI— V вв. до н. э. о саках, ВДИ, 1, 1977; Дьяконов И. М.,К методике исследований по этнической истории («киммерийцы»). Сб. «Этнические проблемы истории Центральной Азии в древности», М., 1981; Кляшторный С. Г., Султанов Т. И., Государства и народы Евразийских степей. Древность и средневековье. Санкт-Петербург, 2000.

    Аҳмадали Асқаров.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.