Salvador
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 87–89-b. — ziyouz.com
Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 85%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.
Salvador (Salvador), ElSalvador Respublikasi (Republica de El Salvador) — Markaziy Amerikada, Tinç okean sohilida joylaşgan davlat. Mayd. 21,4 ming km2. Aholisi 6,3 mln. kişi (2002). Poytaxti — SanSalvador ş. Ma'muriy jihatdan 14 departament (departamento)ra bölingan.
Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1983 y. dek.da qabul qilingan, unga 1991 y. tuzatişlar kiritilgan. Davlat boşliği — prezident (1999 y.dan Fransisko Flores Peres), u umumiy töğri ovoz beriş yöli b-n 5 y. muddatga saylanadi va navbatdagi muddatga qayta saylaniş xuquqiga ega emas. Qonun çiqaruvçi organi — Qonun çiqaruvçi majlis (bir palatali parlament). Ijroçi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar amalga oşiradi.
Tabiati. S. toğli mamlakat, uning katta qismini 600—700 m balandlikdagi vulkan toğlari egallaydi (eng baland joyi SantaAna vulkani, 2381 m). Jan. da Tinç okean sohili böylab 10—30 km kenglikdagi pasttekislik çözilgan. Teztez zilzila bölib turadi. Oltin, kumuş, rux, qörğoşin, mis va temir ruda, ohaktoş, gips, oltingugurt, tuz konlari bor. Iqlimi tropik, passatli. Örtaça oylik tra SanSalvador ş.da 21—22°. Yillik yoğin 1500—1800 mm, şim.da 2500 mm, tektonik botikda 600—700 mm. Qisqa, jöşqin daryo, vulkanli köllar köp. Asosiy daryosi — Lempa. Asosan, jigarrangqizil ferralitlaşgan tuproqlar tarqalgan. Tabiiy tropik ösimliklari deyarli yöq qilib yuborilgan, toğlarda qarağay va eman örmonlari saqlangan, ikkilamçi savanna maydonlari bor. Quşlar, sudralib yuruvçilar va haşarotlar köp. Montekristo, ElImposible milliy boğlari bor.
Aholisi, asosan, salvadorliklar; ularning köpçiligi ispanindeys metislari. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlari, asosan, katoliklar. Aholining 55% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari — SanSalvador, SantaAna, SanMigel.
Tarixi. 7-a.gaça S. hududida indeyslarning mayya, naxua qabilalari yaşagan. 16-a.da mamlakat ğarbi va markazini indeyslarning pipil, şarqini esa lenka qabilalari egallagan. 1524 y.dan 1821 y.gaça Ispaniya mustamlakasi. 1560 y.dan Gvatemala generalkapitanligi tarkibida bölgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810— 26 y.lardagi mustaqillik uçun uruşi davomida 1821 y. mustaqillikka erişdi. 1823— 39 y.larda Markaziy Amerika Qöşma provinsiyalari tarkibida, 1841 y.dan mustaqil davlat. Mamlakatda ötkazilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot rivojlanib, 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida sanoat korxonalari barpo etila boşladi. ljahon uruşi arafasida dastlabki işçi taşkilotlari, kasaba uyuşmalari vujudga keldi. 1931 y. mamlakatda davlat töntarişi bölib, terrorçi diktatura örnatildi va u 1932 y. A. Farabundo Marti boşçiligidagi qözğolonni bostirdi. S. 2-jahon uruşi vaqtida 1941 y.dan faşizmga qarşi koalitsiyaga qöşildi. 1944 y.gi yalpi iş taşlaş natijasida diktatura ağdarib taşlandi. 1969 y. S. hukmron doiralari Gondurasga qarşi uruş boşladi. 5 kun davom etgan uruş mamlakat iqtisodiyotiga putur yetkazdi. Bir neça yil mobaynida S.da siyosiy beqarorlik hukm surdi, 1979 y. hokimiyatni qölga olgan harbiy xunta xalqni qirğin qiliş siyosatini ötkazdi. 3 y. davomida 40 mingdan köproq kişi öldirildi, 100 mingdan ortiq kişi vatanni tark etdi. 1980 y. Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti taşkil etildi. 1980—92 y.larda xuntaga qarşi fuqarolar uruşida 75 mingga yaqin kişi qurbon böddi, 1 mln.ga yaqin kişi qoçoqqa aylandi. Nihoyat, 1991 y. yanv.da sulh şartnomasi tuzilib, demokratik rivojlaniş yöliga ötildi. 1994 y. umumiy saylov ötkazildi, unda barça siyosiy partiyalar iştirok etdi. S — 1945 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Millatçi respublikaçilar ittifoqi, 1981 y. tuzilgan; Milliy yaraş partiyasi, 1961 y. taşkil etilgan; S xalq partiyasi, 1966 y. asos solingan; Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti, Siyosiy partiya sifatida 1992 y. röyxatga olingan; Xristiandemokratik partiya, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyuşmalari umumiy konfederatsiyasi, 1958 y. taşkil etilgan; Umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1983 y. tuzilgan; S. unitar kasaba uyuşma federatsiyasi, 1965 y. asos solingan.
Xöjaligi. S. — agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. uluşi 15%, sanoatning uluşi 24%, xizmat körsatiş sohasi 61%. Aholining aksariyati q.x.da band. Yirik tovar xöjaliklari b-n bir qatorda mayda dehqon xöjaliklari ham bor. Dehqonlarning köpçiligi yersiz. Q.x.ga yarokli yerlarning 50% da dehqonçilik qilinadi. Asosiy eksport ekinlari: kofe (dunyoda 6örin), paxta, şakarqamiş; oziq-ovqat ekinlaridan makkajöxori, oq jöxori, loviya, şoli, sabzavot, mevalar; texnika ekinlaridan xeniken, kunjut, indigo, tamaki yetiştiriladi. Çorvaçiligi zaif. Qoramol, çöçqa boqiladi, baliq ovlanadi. Örmonlarda yoğoç tayyorlanadi, balzam olinadi.
Sanoati sust rivojlangan. Oz miqdorda oltin va kumuş, qörğoşin, rux va mis rudalari, ohaktoş, gips qazib olinadi. I.ç. sanoati kofe, qandşakar, şoli oklaş, un, yoğ, vino, töquvçilik, könpoyabzal, yoğoçsozlik, oyna korxonalaridan iborat. Neft haydaş, metallurgiya, maşinasozlik (avtoyiğuv), kimyo, sement, sellyuloza z-dlarining ayrimlari çetdan keltirilgan xom aşyo va çala tayyor mahsulotlar asosida işlaydi.
Kimyo, farmatsevtika, neftni qayta işlaş, yoğoçsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandçiligi (qölda qalpoq, savat töqiş va b.) rivojlangan. Yiliga örtaça 3,3 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi, asosan, GES larda hosil qilindi. T.y. uzunligi — 562 km, avtomobil yöllari — 12,3 ming km. Panamerika katta yöli S. orqali ötadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxutla, LaUnon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. S. çetga kofe, qand xom aşyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar çiqaradi, çetdan maşinauskunalar, keng iste'mol mollari, yoqilği va moylaş materiallari oladi. AQŞ, Markaziy Amerika mamlakatlari, GFR, Yaponiya b-n savdo qiladi. Pul birligi — Salvador koloni.
Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiyma'rifiy muassasalari. Kasalxonalarning köpi davlat qaramoğida. Vraçlar ElSalvador un-tining tibbiyot ftida tayyorlanadi. Umumiy ta'lim maktablari 11 y.lik bölib, u 9 y.lik boşlanğiç va 2 y.lik örta maktabdan iborat. Örta maktab öquvçilarining yarmi xususiy öquv yurtlarida ta'lim oladi. Boşlanğiç maktab öqituvçilarini normal maktablar, örta maktab öqituvçilarini öqituvçilar tayyorlaş kollejlari va un-tlarning ped. bölimlari tayyorlaydi. Industrial va q.x. bilim yurtlari hunartexnika ta'limi beradi. SanSalvadorda 3 ta un-t, 4 kollej va b. oliy öquv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar akademiyasi, S. tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy kutubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot boği va botanika boği mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Venseremos» («Ğalaba bizniki», kundalik gaz., 1981 y.dan), «Diario de oy» («Bugungi gazeta», kundalik gaz., 1936 y.dan), «Unidad obrera» («Işçilar birligi», gaz.), «Diario ofisial» («Rasmiy gaz.», kundalik gaz., 1875 y.dan), «Kultura» («Madaniyat», har çorakda çiqadigan jur.), «Militante» («Faol», haftanoma). Milliy axborot agentligi yöq. S. radiostyalari uyuşmasiga 1965 y.da asos solingan. 64 tijorat radiostyasi bor, telekörsatuvlar 1956 y.dan boşlangan, tijorat asosida işlaydi.
Adabiyoti. Mayyakiçe indeyslarining qad. yozuvlari hali örganilmagan. S. mustaqillikka erişgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-a. örtalarida romantik şe'riyat rivojlana boşladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinçalik modernizm yönalişidagi şoirlar R. Dario va F. Gavidia şe'rlari maşhur böldi. 20-a. boşlarida yaratilgan nasriy asarlarda maişiy turmuş aks ettirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr şe'riyati şaklbozlik va dekadentlik yöliga kirib ketdi. S. Salasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. 2-jahon uruşidan keyin M. A. Espinoning «Odamlar va ölim», K. A. Kastroning «Haqiqiy ertaklar», F. Maçon Vilanovaning «Qizil tölqin» romanlari salmokli asarlardir. R. Dalton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b.ning şe'riyati ijtimoiy mavzuni rivojlantirdi.
Me'morligi va san'ati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va KostaRika madaniyati b-n muştarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yoğoç öymakorligi b-n bezatilgan pastqam çerkovlar qurildi. 1940y.lar oxirida S. şaharlarida zamonaviy binolar (bank, mehmonxona, idoralar) barpo etila boşladi (me'morlar A. Sol, Ye de Sola va b.). Tasviriy san'ati 20-a. dan Yevropa va Meksika san'ati ta'sirida rivojlana boşladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noçes Avendano, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroşlar maşhur. Xalq san'ati turlaridan keramika, toşbaqa kosasi va poyadan bezak aşyolar, idişlar yasaş rivoj topgan.
Ommaviy san'at turlaridan bayles yoki sereytes aşula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari — gitara, marimba (ksilofonning bir turi), fleyta, zarbli asboblardan uyeuyetl, testonaaustle va b. 1980 y.da suratga olingan «Salvador — xalq ğalaba qozonadi!» hujjatli filmi milliy kino san'ati yuzaga kelganidan darak berdi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
САЛЬВАДОР (Salvador), ЭльСальвадор Республикаси (Republica de El Salvador) — Марказий Америкада, Тинч океан соҳилида жойлашган давлат. Майд. 21,4 минг км2. Аҳолиси 6,3 млн. киши (2002). Пойтахти — СанСальвадор ш. Маъмурий жиҳатдан 14 департамент (departamento)ra бўлинган.
Давлат тузуми. С. — республика. Амалдаги конституцияси 1983 й. дек.да қабул қилинган, унга 1991 й. тузатишлар киритилган. Давлат бошлиғи — президент (1999 й.дан Франсиско Флорес Перес), у умумий тўғри овоз бериш йўли б-н 5 й. муддатга сайланади ва навбатдаги муддатга қайта сайланиш хуқуқига эга эмас. Қонун чиқарувчи органи — Қонун чиқарувчи мажлис (бир палатали парламент). Ижрочи ҳокимиятни президент ва у тайинлайдиган вазирлар амалга оширади.
Табиати. С. тоғли мамлакат, унинг катта қисмини 600—700 м баландликдаги вулкан тоғлари эгаллайди (энг баланд жойи СантаАна вулкани, 2381 м). Жан. да Тинч океан соҳили бўйлаб 10—30 км кенгликдаги пасттекислик чўзилган. Тезтез зилзила бўлиб туради. Олтин, кумуш, рух, қўрғошин, мис ва темир руда, оҳактош, гипс, олтингугурт, туз конлари бор. Иқлими тропик, пассатли. Ўртача ойлик тра СанСальвадор ш.да 21—22°. Йиллик ёғин 1500—1800 мм, шим.да 2500 мм, тектоник ботикда 600—700 мм. Қисқа, жўшқин дарё, вулканли кўллар кўп. Асосий дарёси — Лемпа. Асосан, жигаррангқизил ферралитлашган тупроқлар тарқалган. Табиий тропик ўсимликлари деярли йўқ қилиб юборилган, тоғларда қарағай ва эман ўрмонлари сақланган, иккиламчи саванна майдонлари бор. Қушлар, судралиб юрувчилар ва ҳашаротлар кўп. Монтекристо, ЭлИмпосибле миллий боғлари бор.
Аҳолиси, асосан, сальвадорликлар; уларнинг кўпчилиги испаниндейс метислари. Расмий тил — испан тили. Диндорлари, асосан, католиклар. Аҳолининг 55% шаҳарларда яшайди. Йирик шаҳарлари — СанСальвадор, СантаАна, СанМигель.
Тарихи. 7-а.гача С. ҳудудида индейсларнинг майя, нахуа қабилалари яшаган. 16-а.да мамлакат ғарби ва марказини индейсларнинг пипиль, шарқини эса ленка қабилалари эгаллаган. 1524 й.дан 1821 й.гача Испания мустамлакаси. 1560 й.дан Гватемала генералкапитанлиги таркибида бўлган. Америкадаги испан мустамлакаларининг 1810— 26 й.лардаги мустақиллик учун уруши давомида 1821 й. мустақилликка эришди. 1823— 39 й.ларда Марказий Америка Қўшма провинциялари таркибида, 1841 й.дан мустақил давлат. Мамлакатда ўтказилган ислоҳотлар натижасида иқтисодиёт ривожланиб, 19-а. охири — 20-а. бошларида саноат корхоналари барпо этила бошлади. lжаҳон уруши арафасида дастлабки ишчи ташкилотлари, касаба уюшмалари вужудга келди. 1931 й. мамлакатда давлат тўнтариши бўлиб, террорчи диктатура ўрнатилди ва у 1932 й. А. Фарабундо Марти бошчилигидаги қўзғолонни бостирди. С. 2-жаҳон уруши вақтида 1941 й.дан фашизмга қарши коалицияга қўшилди. 1944 й.ги ялпи иш ташлаш натижасида диктатура ағдариб ташланди. 1969 й. С. ҳукмрон доиралари Гондурасга қарши уруш бошлади. 5 кун давом этган уруш мамлакат иқтисодиётига путур етказди. Бир неча йил мобайнида С.да сиёсий беқарорлик ҳукм сурди, 1979 й. ҳокимиятни қўлга олган ҳарбий хунта халқни қирғин қилиш сиёсатини ўтказди. 3 й. давомида 40 мингдан кўпроқ киши ўлдирилди, 100 мингдан ортиқ киши ватанни тарк этди. 1980 й. Фарабундо Марти номидаги миллий озодлик фронти ташкил этилди. 1980—92 й.ларда хунтага қарши фуқаролар урушида 75 мингга яқин киши қурбон бўдди, 1 млн.га яқин киши қочоққа айланди. Ниҳоят, 1991 й. янв.да сулҳ шартномаси тузилиб, демократик ривожланиш йўлига ўтилди. 1994 й. умумий сайлов ўтказилди, унда барча сиёсий партиялар иштирок этди. С — 1945 й.дан БМТ аъзоси. Миллий байрами — 15 сент. — Мустақиллик куни (1821).
Сиёсий партиялари ва касаба уюшмалари. Миллатчи республикачилар иттифоқи, 1981 й. тузилган; Миллий яраш партияси, 1961 й. ташкил этилган; С халқ партияси, 1966 й. асос солинган; Фарабундо Марти номидаги миллий озодлик фронти, Сиёсий партия сифатида 1992 й. рўйхатга олинган; Христиандемократик партия, 1960 й. тузилган. Касаба уюшмалари умумий конфедерацияси, 1958 й. ташкил этилган; Умумий меҳнат конфедерацияси, 1983 й. тузилган; С. унитар касаба уюшма федерацияси, 1965 й. асос солинган.
Хўжалиги. С. — аграр мамлакат. Ялпи ички маҳсулотда қ.х. улуши 15%, саноатнинг улуши 24%, хизмат кўрсатиш соҳаси 61%. Аҳолининг аксарияти қ.х.да банд. Йирик товар хўжаликлари б-н бир қаторда майда деҳқон хўжаликлари ҳам бор. Деҳқонларнинг кўпчилиги ерсиз. Қ.х.га ярокли ерларнинг 50% да деҳқончилик қилинади. Асосий экспорт экинлари: кофе (дунёда 6ўрин), пахта, шакарқамиш; озиқ-овқат экинларидан маккажўхори, оқ жўхори, ловия, шоли, сабзавот, мевалар; техника экинларидан хеникен, кунжут, индиго, тамаки етиштирилади. Чорвачилиги заиф. Қорамол, чўчқа боқилади, балиқ овланади. Ўрмонларда ёғоч тайёрланади, балзам олинади.
Саноати суст ривожланган. Оз миқдорда олтин ва кумуш, қўрғошин, рух ва мис рудалари, оҳактош, гипс қазиб олинади. И.ч. саноати кофе, қандшакар, шоли оклаш, ун, ёғ, вино, тўқувчилик, кўнпойабзал, ёғочсозлик, ойна корхоналаридан иборат. Нефть ҳайдаш, металлургия, машинасозлик (автойиғув), кимё, цемент, целлюлоза з-дларининг айримлари четдан келтирилган хом ашё ва чала тайёр маҳсулотлар асосида ишлайди.
Кимё, фармацевтика, нефтни қайта ишлаш, ёғочсозлик, металлургия саноати ривожланмоқда. Халқ ҳунармандчилиги (қўлда қалпоқ, сават тўқиш ва б.) ривожланган. Йилига ўртача 3,3 млрд. кВтсоат электр энергияси, асосан, ГЭС ларда ҳосил қилинди. Т.й. узунлиги — 562 км, автомобиль йўллари — 12,3 минг км. Панамерика катта йўли С. орқали ўтади. Асосий денгиз портлари: Акахутла, ЛаУньон, ЛаЛибертад. СанСальвадор яқинида Илапонга халқаро аэропорти бор. С. четга кофе, қанд хом ашёси, пахта, кимёвий маҳсулотлар чиқаради, четдан машинаускуналар, кенг истеъмол моллари, ёқилғи ва мойлаш материаллари олади. АҚШ, Марказий Америка мамлакатлари, ГФР, Япония б-н савдо қилади. Пул бирлиги — Сальвадор колони.
Тиббий хизмати, маорифи ва илмиймаърифий муассасалари. Касалхоналарнинг кўпи давлат қарамоғида. Врачлар ЭльСальвадор ун-тининг тиббиёт фтида тайёрланади. Умумий таълим мактаблари 11 й.лик бўлиб, у 9 й.лик бошланғич ва 2 й.лик ўрта мактабдан иборат. Ўрта мактаб ўқувчиларининг ярми хусусий ўқув юртларида таълим олади. Бошланғич мактаб ўқитувчиларини нормал мактаблар, ўрта мактаб ўқитувчиларини ўқитувчилар тайёрлаш коллежлари ва ун-тларнинг пед. бўлимлари тайёрлайди. Индустриал ва қ.х. билим юртлари ҳунартехника таълими беради. СанСальвадорда 3 та ун-т, 4 коллеж ва б. олий ўқув юртлари бор. Илмий муассасалари: С. Фанлар академияси, С. тарихи академияси (1925), ядро энергияси комиссияси, геотехника тадқиқотлари маркази ва б. Миллий кутубхона (1870), Миллий музей (1883), ҳайвонот боғи ва ботаника боғи мавжуд.
Матбуоти, радиоэшиттириши ва телекўрсатуви. Асосий газ. ва жур.лари: «Венсеремос» («Ғалаба бизники», кундалик газ., 1981 й.дан), «Диарио де ой» («Бугунги газета», кундалик газ., 1936 й.дан), «Унидад обрера» («Ишчилар бирлиги», газ.), «Диарио офисиаль» («Расмий газ.», кундалик газ., 1875 й.дан), «Культура» («Маданият», ҳар чоракда чиқадиган жур.), «Милитанте» («Фаол», ҳафтанома). Миллий ахборот агентлиги йўқ. С. радиостялари уюшмасига 1965 й.да асос солинган. 64 тижорат радиостяси бор, телекўрсатувлар 1956 й.дан бошланган, тижорат асосида ишлайди.
Адабиёти. Майякиче индейсларининг қад. ёзувлари ҳали ўрганилмаган. С. мустақилликка эришгандан кейин испан тилида миллий адабиёт яратилди. 19-а. ўрталарида романтик шеърият ривожлана бошлади (М. Альварес Кастро, Э. Ойос, И. Руис Араухо, миллий мадҳия муаллифи X. X. Каньяс). Кейинчалик модернизм йўналишидаги шоирлар Р. Дарио ва Ф. Гавидиа шеърлари машҳур бўлди. 20-а. бошларида яратилган насрий асарларда маиший турмуш акс эттирилди (Э. Альварадо, А. Амброжи ва б.), бу давр шеърияти шаклбозлик ва декадентлик йўлига кириб кетди. С. Саласар Арруэнинг ҳикоя ва романларида халқ ва аввало индейслар ҳаёти ҳаққоний тасвирланди. 2-жаҳон урушидан кейин М. А. Эспинонинг «Одамлар ва ўлим», К. А. Кастронинг «Ҳақиқий эртаклар», Ф. Мачон Виланованинг «Қизил тўлқин» романлари салмокли асарлардир. Р. Дальтон Гарсиа, Р. Армихо, М. де Сельва ва б.нинг шеърияти ижтимоий мавзуни ривожлантирди.
Меъморлиги ва санъати қадимдан Мексика, Гватемала, Гондурас, Никарагуа ва КостаРика маданияти б-н муштарак. Мустамлака даврида бир қаватли уйлар, ёғоч ўймакорлиги б-н безатилган пастқам черковлар қурилди. 1940й.лар охирида С. шаҳарларида замонавий бинолар (банк, меҳмонхона, идоралар) барпо этила бошлади (меъморлар А. Соль, Е де Сола ва б.). Тасвирий санъати 20-а. дан Европа ва Мексика санъати таъсирида ривожлана бошлади. С. Саларруэ, X. Мехиа Видес, Н. Канкура, Р. Элас Рейес, X. Диас, К. А. Каньяс каби рассомлар, В. Эстрада, Н. Ночес Авенданьо, X. Агилар Гусман каби ҳайкалтарошлар машҳур. Халқ санъати турларидан керамика, тошбақа косаси ва поядан безак ашёлар, идишлар ясаш ривож топган.
Оммавий санъат турларидан байлес ёки серейтес ашула ва рақсларХривожланган. Халқ мусиқа асбоблари — гитара, маримба (ксилофоннинг бир тури), флейта, зарбли асбоблардан уеуетль, тестонааустле ва б. 1980 й.да суратга олинган «Сальвадор — халқ ғалаба қозонади!» ҳужжатли фильми миллий кино санъати юзага келганидан дарак берди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.