Samarqand-qarşi avtomagistrali
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 126–127-b. — ziyouz.com
Samarqand-qarşi avtomagistrali (A378) — Özbekiston xududidagi xalqaro ahamiyatli avtomobil yöli, umumiy uz. 138 km. Yöl I—III toifali, asfaltbeton qoplamali. Yilning kuzqiş fasllarida Toşkent— Termiz (Ml39) xalqaro avtomagistralining (q. Kamma Özbekiston trakti) Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari oraliğidagi Taxtaqoraça dovonidan ötuvçi qismida oğir yukli avtopoyezdlarining qatnovini ta'minlaş, Samarqand—Qaşqadaryo viloyatlari örtasida avtobus harakatini yölga qöyiş va xalq xöjalik yuklarini taşişda muhim örin tutadi. Yöddagi transport harakati jadalligi 4000— 6000 avtomobil/kunni taşkil kiladi (2003).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
САМАРҚАНД-ҚАРШИ АВТОМАГИСТРАЛИ (А378) — Ўзбекистон худудидаги халқаро аҳамиятли автомобиль йўли, умумий уз. 138 км. Йўл I—III тоифали, асфальтбетон қопламали. Йилнинг кузқиш фаслларида Тошкент— Термиз (Ml39) халқаро автомагистралининг (қ. Kamma Ўзбекистон тракти) Самарқанд ва Қашқадарё вилоятлари оралиғидаги Тахтақорача довонидан ўтувчи қисмида оғир юкли автопоездларининг қатновини таъминлаш, Самарқанд—Қашқадарё вилоятлари ўртасида автобус ҳаракатини йўлга қўйиш ва халқ хўжалик юкларини ташишда муҳим ўрин тутади. Йўддаги транспорт ҳаракати жадаллиги 4000— 6000 автомобиль/кунни ташкил килади (2003).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.