Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sanoat grafikasi

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com

    Sanoat grafikasi - amaliy badiiy grafika turi; sanoat korxonalarining mahsulotlar i.ç. va sotiş (tovar yorliklari, firma belgilari, naşriy markalar, örov qutiçalari, turli reklamalar) hamda i.ç.ni boşqariş (blanka, konvert va h.k.) sohalariga badiiy xizmat körsatadi. Öz vazifasiga köra, savdosanoat reklamasiga juda yakin, köpinça uning tarkibiy qismiga aylanadi. Zamonaviy S.g. badiiy loyixalaş (dizayngrafika) tizimi tarkibiga kiradi va maxsus byurolarda unga xos usullardan keng foydalanadi. S.g. böyiça körgazmalar ham uyuştiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    САНОАТ ГРАФИКАСИ - амалий бадиий графика тури; саноат корхоналарининг маҳсулотлар и.ч. ва сотиш (товар ёрликлари, фирма белгилари, нашрий маркалар, ўров қутичалари, турли рекламалар) ҳамда и.ч.ни бошқариш (бланка, конверт ва ҳ.к.) соҳаларига бадиий хизмат кўрсатади. Ўз вазифасига кўра, савдосаноат рекламасига жуда якин, кўпинча унинг таркибий қисмига айланади. Замонавий С.г. бадиий лойихалаш (дизайнграфика) тизими таркибига киради ва махсус бюроларда унга хос усуллардан кенг фойдаланади. С.г. бўйича кўргазмалар ҳам уюштирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.