Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Saodat Sodiqoviç Sodiqov

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 493-b. — ziyouz.com

    Sodiqov Saodat Sodiqoviç (1910, Köqon — 1995.3.1. Toşkent) — genetik olim, Özbekiston FA muxbir a'zosi (1952), Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi (1980). Urta Osiyo paxtaçilik va ipakçilik in-tini tugatgan (1932). SoyuzNIXI ning Markaziy seleksiya st-yasida katta ilmiy xodim (1937—39), 1939—42 yillarda Armiya safida. Özbekiston Davlat nazorati vazirligi xodimi (1942—48). 1948 y.dan Usimliklar eksperimental biologiyasi in-tida ğöza amaliy genetikasi laboratoriyasi mudiri (1950—63 yillarda şu in-t direktori). Ilmiy işlari ğöza genetikasi, seleksiyasi, radiobiologiya, ğözaning viltga çidamlilik genetikasi, fiziologiyasi va biokimyosi masalalariga bağişlangan. Beruniy nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1996).

    As: Sovetskiy yegipetskiy xlopok v Özbekistane, T., 1939; Povişeniye skorospelosti i urojaynosti xlopçatnika, T., 1972.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОДИҚОВ Саодат Содиқович (1910, Кўқон — 1995.3.1. Тошкент) — генетик олим, Ўзбекистон ФА мухбир аъзоси (1952), Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби (1980). Урта Осиё пахтачилик ва ипакчилик ин-тини тугатган (1932). СоюзНИХИ нинг Марказий селекция ст-ясида катта илмий ходим (1937—39), 1939—42 йилларда Армия сафида. Ўзбекистон Давлат назорати вазирлиги ходими (1942—48). 1948 й.дан Усимликлар экспериментал биологияси ин-тида ғўза амалий генетикаси лабораторияси мудири (1950—63 йилларда шу ин-т директори). Илмий ишлари ғўза генетикаси, селекцияси, радиобиология, ғўзанинг вилтга чидамлилик генетикаси, физиологияси ва биокимёси масалаларига бағишланган. Беруний номидаги Ўзбекистон Давлат мукофоти лауреати (1996).

    Ас: Советский египетский хлопок в Ўзбекистане, Т., 1939; Повышение скороспелости и урожайности хлопчатника, Т., 1972.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.