Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sardi

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 185-b. — ziyouz.com

    Sardi (Turkiyadagi hoz. Sart qişloği) — qadimgi şahar. Lidiya davlatining poytaxti (mil. av. 7-a. boşi —546 y.). Podşoh Krez davrida ravnaq topgan. 546 y. axomaniylar tomonidan bosib olingan. 1402 y. Amir Temur zabt etgan. Arxeologik qazişlar (20-a.) natijasida Artemisiy ibodatxonasi va nekropol aniklangan; qad. bitiklar (Midiya tilida) çiqqan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    САРДИ (Туркиядаги ҳоз. Сарт қишлоғи) — қадимги шаҳар. Лидия давлатининг пойтахти (мил. ав. 7-а. боши —546 й.). Подшоҳ Крез даврида равнақ топган. 546 й. ахоманийлар томонидан босиб олинган. 1402 й. Амир Темур забт этган. Археологик қазишлар (20-а.) натижасида Артемисий ибодатхонаси ва некрополь аникланган; қад. битиклар (Мидия тилида) чиққан.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.