Sarhadobod Turkmanistonning Mari viloyatidagi şahar. Sarhadobod tumani markazi. Kuşka daryosi vodiysida. Turkmaniston b-n Afğoniston savdo yölidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 209–210-b. — ziyouz.com
Sarhadobod Turkmanistonning Mari viloyatidagi şahar. Sarhadobod tumani markazi. Kuşka daryosi vodiysida. Turkmaniston b-n Afğoniston savdo yölidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod SARHADOBOD (1999 y.gaça Kuşka) Turkmanistonning Mari viloyatidagi şahar (1967 y.dan). Sarhadobod tumani markazi. Kuşka daryosi vodiysida. Turkmaniston b-n Afğoniston savdo yölidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod — Mari — Hirot — KandaH°R xalqaro avtomobil traktida. Mari — Sarhadobod yönalişidagi t.y. stansiyasi. Aholisi 11,6 ming kişi (1999). S.da mahalliy, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, savdo, madaniy, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, musiqa, umumiy ta'lim maktablari, kutubxona, klub, kasalxona bor.
S.ning jan.şarqida Turkmanistonning eng jan. çekkasi bölgan Qirqqiz (toj. Çilduxtaron) mavzesi joylaşgan. Şahar yaqinida pista örmon xöjaligi va Bodxiz qörikxonasi bor. S. 1885 y.da rus mustamlakaçilari tomonidan Kuşka harbiy istehkomi sifatida bunyod etilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
САРҲАДОБОД (1999 й.гача Кушка) Туркманистоннинг Мари вилоятидаги шаҳар (1967 й.дан). Сарҳадобод тумани маркази. Кушка дарёси водийсида. Туркманистон б-н Афғонистон савдо йўлидаги муҳим аҳоли пункти. Сарҳадобод — Мари — Ҳирот — КандаҲ°Р халқаро автомобиль трактида. Мари — Сарҳадобод йўналишидаги т.й. станцияси. Аҳолиси 11,6 минг киши (1999). С.да маҳаллий, озиқ-овқат саноатлари корхоналари, савдо, маданий, маиший хизмат кўрсатиш шохобчалари, мусиқа, умумий таълим мактаблари, кутубхона, клуб, касалхона бор.
С.нинг жан.шарқида Туркманистоннинг энг жан. чеккаси бўлган Қирққиз (тож. Чилдухтарон) мавзеси жойлашган. Шаҳар яқинида писта ўрмон хўжалиги ва Бодхиз қўрикхонаси бор. С. 1885 й.да рус мустамлакачилари томонидан Кушка ҳарбий истеҳкоми сифатида бунёд этилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.