Sarkomastigoforalar
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 202-b. — ziyouz.com
Sarkomastigoforalar SARKOMASTIGOFORALAR, soxta oyoq xivçinlilar (Sarcomastigophora) — bir hujayrali hayvonlar tipi. Yakka yoki koloniya bölib yaşaydi. Soxta oyoq (psevdopodiy)lar yoki xivçinlar yordamida harakatlanadi. Ayrim turlarida bu ikki xil organoid ham uçraydi. S. nam tuproq, tinç oqadigan va kölmak suvlar, dengiz va okeanlar tubida va planktonda yaşaydi. Ayrim turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. 20000 ga yaqin turi ma'lum. Sarkodalilar va xivçinlilar sinflariga ajratiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
САРКОМАСТИГОФОРАЛАР, сохта оёқ хивчинлилар (Sarcomastigophora) — бир ҳужайрали ҳайвонлар типи. Якка ёки колония бўлиб яшайди. Сохта оёқ (псевдоподий)лар ёки хивчинлар ёрдамида ҳаракатланади. Айрим турларида бу икки хил органоид ҳам учрайди. С. нам тупроқ, тинч оқадиган ва кўлмак сувлар, денгиз ва океанлар тубида ва планктонда яшайди. Айрим турлари одам ва ҳайвонларда паразитлик қилади. 20000 га яқин тури маълум. Саркодалилар ва хивчинлилар синфларига ажратилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.