Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sarlino

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 2-b. — ziyouz.com

    Sarlino (Zarlino) Jozeffo (1517.22.4 - Venetsiya - 1590.14.2) italyan kompozitori, musiqa nazariyotçisi. San-Marko sobori kapellasi rahbari (1565 y.dan). Venetsiya akademiyasining a'zosi. Diniy messa, motet, dunyoviy mazmundagi madrigallar muallifi. «Garmoniya qoidalari» (1558), «Garmoniya dalillari» (1571) va b. asarlarida kontrapunkt (qat'iy uslub qoidalari), musika şakli (imitatsiya, fuga va b.) hamda garmoniya (akkord, major va minor nazariyasi) ta'limotlariga asos solgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЦАРЛИНО (Zarlino) Жозеффо (1517.22.4 - Венеция - 1590.14.2) итальян композитори, мусиқа назариётчиси. Сан-Марко собори капелласи раҳбари (1565 й.дан). Венеция академиясининг аъзоси. Диний месса, мотет, дунёвий мазмундаги мадригаллар муаллифи. «Гармония қоидалари» (1558), «Гармония далиллари» (1571) ва б. асарларида контрапункт (қатъий услуб қоидалари), мусика шакли (имитация, фуга ва б.) ҳамда гармония (аккорд, мажор ва минор назарияси) таълимотларига асос солган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.