Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Saudiylar

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 217-b. — ziyouz.com

    Saudiylar — 1) Saudiya Arabistonidagi hukmdor sulola; asosçisi — Saud ibn Muhammad ibn Mikrin. 1927 y.gaça S. — Najd amirlari; 1927—32 y.larda — Hijoz va Najd hamda ularga qöşilgan viloyatlar qirollari; 1932 y.dan — Saudiya Arabistoni qirollari (podşolari); 2) Saudiya Arabistoni arablari — xalq, Saudiya Arabistonining asosiy aholisi (13,25 mln. kişi, 1990y. lar örtalari). Şuningdek, Kuvaytda (50 ming kişi) ham yaşaydilar. Arab tilida sözlaşadi. Dindorlari — musulmonlar (sunniylar va şialar).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    САУДИЙЛАР — 1) Саудия Арабистонидаги ҳукмдор сулола; асосчиси — Сауд ибн Муҳаммад ибн Микрин. 1927 й.гача С. — Нажд амирлари; 1927—32 й.ларда — Ҳижоз ва Нажд ҳамда уларга қўшилган вилоятлар қироллари; 1932 й.дан — Саудия Арабистони қироллари (подшолари); 2) Саудия Арабистони араблари — халқ, Саудия Арабистонининг асосий аҳолиси (13,25 млн. киши, 1990й. лар ўрталари). Шунингдек, Кувайтда (50 минг киши) ҳам яшайдилар. Араб тилида сўзлашади. Диндорлари — мусулмонлар (суннийлар ва шиалар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.