Sayozlik
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 26-b. — ziyouz.com
Sayozlik — suv havzalari (okean, dengiz, köllar) tubining atrofiga nisbatan çuqurligi kamroq bölgan qismlari. Dengizlarda transgressiya natijasida yuzaga kelgan S quruklikning suv ostidagi davomi. Okeanlarda ular marjon poliplari yoki vulkanik kelib çiqişga ega. S.larda qumli oqiziq jinslar oqim ta'sirida öz şakli va örnini özgartirib turadi. Quyoş nurlari suv ostigaça yetib borganligidan S.da organik hayot rivojlanişi uçun şaroit qulay: baliq va suv ösimliklariga boy, biroq kema qatnovi murakkabroq böladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
САЁЗЛИК — сув ҳавзалари (океан, денгиз, кўллар) тубининг атрофига нисбатан чуқурлиги камроқ бўлган қисмлари. Денгизларда трансгрессия натижасида юзага келган С қурукликнинг сув остидаги давоми. Океанларда улар маржон полиплари ёки вулканик келиб чиқишга эга. С.ларда қумли оқизиқ жинслар оқим таъсирида ўз шакли ва ўрнини ўзгартириб туради. Қуёш нурлари сув остигача етиб борганлигидан С.да органик ҳаёт ривожланиши учун шароит қулай: балиқ ва сув ўсимликларига бой, бироқ кема қатнови мураккаброқ бўлади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.