Sekretlar
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 277-b. — ziyouz.com
Sekretlar (lot. secretus — ajratilgan) — bez hujayralari işlab çiqaradigan va ajratadigan modda. Fiziologik ahamiyatiga köra, sekretsiya mahsulotlari inkretlar (gormon) va ekskretlarga bölinadi. Kimyoviy tarkibiga köra, köpçilik S. oqsil (me'daiçak yölidagi va me'da osti bezi fermentlari), polipeptid (mas, gipofiz gormonlari), steroid (jinsiy va buyrak usti bezi gormonlari) bölişi mumkin. Şuningdek, S. tarkibiga noorganik birikmalar (me'da bezlari işlab çiqaradigan xlorid kislota tuzlari va h.k.) ham kiradi. S.lar nordon va kislotali reaksiyaga ega böladi. Organizmning normal hayot faoliyati uçun S. muhim ahamiyatga ega.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СЕКРЕТЛАР (лот. secretus — ажратилган) — без ҳужайралари ишлаб чиқарадиган ва ажратадиган модда. Физиологик аҳамиятига кўра, секреция маҳсулотлари инкретлар (гормон) ва экскретларга бўлинади. Кимёвий таркибига кўра, кўпчилик С. оқсил (меъдаичак йўлидаги ва меъда ости бези ферментлари), полипептид (мас, гипофиз гормонлари), стероид (жинсий ва буйрак усти бези гормонлари) бўлиши мумкин. Шунингдек, С. таркибига ноорганик бирикмалар (меъда безлари ишлаб чиқарадиган хлорид кислота тузлари ва ҳ.к.) ҳам киради. С.лар нордон ва кислотали реакцияга эга бўлади. Организмнинг нормал ҳаёт фаолияти учун С. муҳим аҳамиятга эга.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.