Selektor
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 281-b. — ziyouz.com
Selektor (lot. seligo — saralayman, tanlayman) — 1) ma'lum özgarmas tok impulslarini sezadigan elektromexanik qurilma. Telefon apparatlari parallel ulangan abonentlar b-n dispetçerlik punkti orasida (köpinça, t.y. transportida) telefon aloqa örnatişda (selektiv aloqada), telesignalizatsiya, teleboşqariş, avtomatik boşqariş tizimlarining elektr aloqa zanjirlarida işlatiladi; 2) sekin neytronlar dastasidan ma'lum energiyali neytronlarni ajratiş uçun qöllaniladigan asbob.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СЕЛЕКТОР (лот. seligo — саралайман, танлайман) — 1) маълум ўзгармас ток импульсларини сезадиган электромеханик қурилма. Телефон аппаратлари параллел уланган абонентлар б-н диспетчерлик пункти орасида (кўпинча, т.й. транспортида) телефон алоқа ўрнатишда (селектив алоқада), телесигнализация, телебошқариш, автоматик бошқариш тизимларининг электр алоқа занжирларида ишлатилади; 2) секин нейтронлар дастасидан маълум энергияли нейтронларни ажратиш учун қўлланиладиган асбоб.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.