Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Selluloid

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 5-b. — ziyouz.com

    Selluloid (sellyuloza va yun. eidos — köriniş) şaffof plastik material; tarkibida plastifikator va böyagiçlar bölgan kolloksilin (sellyuloza nitrat) asosidagi plastmassa. Ölçov asboblarining körsatkiç oynalari, planşetlar, çizğiçlar, muzika asboblari va yozuv maşinalari klaviaturalarini tayyorlaşda qöllanadi. Yonuvçanligi tufayli S.ning örniga boşqa sellyuloza efirlari va sintetik polimerlar köproq işlatilmokda.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЦЕЛЛУЛОИД (целлюлоза ва юн. eidos — кўриниш) шаффоф пластик материал; таркибида пластификатор ва бўягичлар бўлган коллоксилин (целлюлоза нитрат) асосидаги пластмасса. Ўлчов асбобларининг кўрсаткич ойналари, планшетлар, чизғичлар, музика асбоблари ва ёзув машиналари клавиатураларини тайёрлашда қўлланади. Ёнувчанлиги туфайли Ц.нинг ўрнига бошқа целлюлоза эфирлари ва синтетик полимерлар кўпроқ ишлатилмокда.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.