Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sentavr

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 11-b. — ziyouz.com

    Sentavr (lot. Centaurus) — osmonning Jan. yarim şaridagi katta yulduz turkumi. Gidra, Nasos, Paruslar, Kil, Paşşa, Sirkul va Böri yulduz turkumlari orasida joylaşgan. S.da ravşan yulduzlar (eng ravşani 0-yulduz kattaligidagi a yulduzi) hamda tumanlik va yulduz tödalari mavjud. S.ning o si qöşaloq yulduz bölib, bizga eng yaqin yulduz hisoblanadi (masofasi 1,3 parsek yoki 4,3 yoruğlik yiliga teng). 1916 y.da S.ning yöldoşi kaşf etilib, boş yulduzdan 0,04 yoruğlik yili masofada ekanligi aniqlangan. Bu eng yaqin (Proksima) yulduzdir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЦЕНТАВР (лот. Centaurus) — осмоннинг Жан. ярим шаридаги катта юлдуз туркуми. Гидра, Насос, Паруслар, Киль, Пашша, Циркуль ва Бўри юлдуз туркумлари орасида жойлашган. Ц.да равшан юлдузлар (энг равшани 0-юлдуз катталигидаги а юлдузи) ҳамда туманлик ва юлдуз тўдалари мавжуд. Ц.нинг о си қўшалоқ юлдуз бўлиб, бизга энг яқин юлдуз ҳисобланади (масофаси 1,3 парсек ёки 4,3 ёруғлик йилига тенг). 1916 й.да Ц.нинг йўлдоши кашф этилиб, бош юлдуздан 0,04 ёруғлик йили масофада эканлиги аниқланган. Бу энг яқин (Проксима) юлдуздир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.