Serezin
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 12-b. — ziyouz.com
Serezin (lot. cera — mum) — yuqori molekulali qattiq atsiklik va siklik töyingan uglevodorodlar aralaşmasi. Oq rangdan jigarranggaça; mumga öxşaydi. Tabiiy S. 57—80° da, sintetik S. esa 90—100° da suyuqlanadi. Ozokerit, neftni qayta işlaş mahsulotlaridan hamda uglerod oksid b-n vodoroddan sintez qilib olinadi. Konsistent surkamalar tayyorlaşda, elektr izolyatsiya materiali sifatida asbob va uskunalarni zanglaşdan saqlaşda, qoğoz va gazlamalarga şimdirişda va tibbiyotda qöllanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЦЕРЕЗИН (лот. cera — мум) — юқори молекулали қаттиқ ациклик ва циклик тўйинган углеводородлар аралашмаси. Оқ рангдан жигарранггача; мумга ўхшайди. Табиий Ц. 57—80° да, синтетик Ц. эса 90—100° да суюқланади. Озокерит, нефтни қайта ишлаш маҳсулотларидан ҳамда углерод оксид б-н водороддан синтез қилиб олинади. Консистент суркамалар тайёрлашда, электр изоляция материали сифатида асбоб ва ускуналарни занглашдан сақлашда, қоғоз ва газламаларга шимдиришда ва тиббиётда қўлланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.