Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sergey Vasilyeviç Vonsovskiy

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 242–243-b. — ziyouz.com

    Vonsovskiy Sergey Vasilyeviç (1910.20. 8, Toşkent) — fizik olim, akad. (1966). Ilmiy işlari metallar hamda yarimötkazgiçlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni örganişga, ötiş metallari va qotişmalar uçun öta ötkazuvçanlik nazariyasini yaratişga bağişlangan. V. ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini işlab çiqqan (k,. Antiferromagnetizm).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВОНСОВСКИЙ Сергей Васильевич (1910.20. 8, Тошкент) — физик олим, акад. (1966). Илмий ишлари металлар ҳамда яримўтказгичларнинг магнит ва электр хоссаларини, ферромагнетизмни ўрганишга, ўтиш металлари ва қотишмалар учун ўта ўтказувчанлик назариясини яратишга бағишланган. В. ферромагнитлар қутб моделларини таклиф қилган ва бу моделлар асосида Кюри нуқтаси яқинидаги ферромагнитларнинг умумий назариясини ишлаб чиққан (к,. Антиферромагнетизм).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.