Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Seroz parda

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 323-b. — ziyouz.com

    Seroz parda — odam va hayvon tanasi böşliği va içki a'zolarini örab turadigan parda. Örniga qarab qorin parda, plevra, perikard, epikard deb nomlanadi. Mezoderma hosilalari — splanxnotomadan rivojlanadi. S.p. içki a'zolar harakatini osonlaştiradigan, himoya funksiyasini bajaradigan seroz suyuklik işlab çiqaradi. Odatda, silliq, yaltiroq, tiniq va elastik S.gg. yalliğlanganda (peritonit, plevrit, perikardit) qalinlaşadi, xira, ğadirbudur bölib, funksiyasi buziladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СЕРОЗ ПАРДА — одам ва ҳайвон танаси бўшлиғи ва ички аъзоларини ўраб турадиган парда. Ўрнига қараб қорин парда, плевра, перикард, эпикард деб номланади. Мезодерма ҳосилалари — спланхнотомадан ривожланади. С.п. ички аъзолар ҳаракатини осонлаштирадиган, ҳимоя функциясини бажарадиган сероз суюклик ишлаб чиқаради. Одатда, силлиқ, ялтироқ, тиниқ ва эластик С.гг. яллиғланганда (перитонит, плеврит, перикардит) қалинлашади, хира, ғадирбудур бўлиб, функцияси бузилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.